• 6.2 Ekotizimni tashkil topishi.
  • Ekotizimlarning faoliyati




    Download 309.5 Kb.
    bet1/8
    Sana31.01.2023
    Hajmi309.5 Kb.
    #40374
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Ekotizimlarning o’zgarishi. Suksessiya hodisasi.
    axborot xavfsizligi, Yangi bog`, 202. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda ijtimoiy-siyosiy, madaniy xayotda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, Mehnat muhofazaa fanini o\'rganishda muommolarni yechishda ilmiy taqdiqot ishlari ahamiyati, Mushtariy Tortinchoq bolalar uchun korreksion dastur, Texnologiya, Toplamlar, temperaturani olchash aim.uz, Письмо в Логэкспресс, DARS ISHLANMA, Lecture-4 (1), Shtrix-kodni qanday o`qish kerak - O`zbekiston ma`lumotnomasi, Qirqbo`g`im, 30711401 - Avtomobil dvigatellarini tashxislash

    www.arxiv.uz

    Ekotizimlarning o’zgarishi. Suksessiya hodisasi.
    Yuqorida qayd etilganidek, barcha tabiiy xududlarni tizim sifatida qarash mumkin. L.fon Bertalanfi bo’yicha (1969) tizim – bu o’zaro harakatdagi elementlar majmuasidir. Tizimdagi elementlarning o’zaro harakati uning faoliyatidan dalolat beradi. Tabiiy tizimlar ierarxik tuzilishga ega, ya‘ni har bir tizim bir necha tashkiliy sathlardan iborat bo’lib, pastdan yuqoriga qarab murrakkablashib boradi. Agar daraxtni mustaqil tizim deb qarasak, uning to’qimasi eng qo’yi sathi xisoblanadi, keyingi sathi esa daraxtning bargi, shoxidir,eng yukori satxi –daraxtning o’zidir. Biosfera ancha murakkab va yuksak darajada tashkil etilgan tizim bo’lib hisoblanadi.
    A.M.Ivlyov (1986) bo’yicha tizimni faoliyati bu tashqi muhit ta‘siriga javoban, tizimda paydo bo’ladigan reaktsiyalar yig’indisi bo’lib, tizimni ichki xususiyatlari o’zgarishiga uni o’zining rivojlanishi olib keladi. Bizningcha, A.M.Ivlev qarashlarida ko’p chalkashliklar bor. Birinchidan, tizim mavjudligi va faoliyatini olsak, ekotizim faoliyat qilmasdan oddiygina mavjud bo’lishi mumkin emas, faoliyat ko’rsatmasa ekotizim mavjudligini yo’qotadi. Ikkinchidan ekotizimda tashqi ta‘sirga javoban reaktsiya paydo bo’lishini asoslab berish mumkin emas. Iqlim, quyosh energiyasi, to’proq, jinslar, relef va boshqalarni tashqi omillar deb qarash mumkin. Lekin bu omillarni biz ekotop (biotop) ga beogeotsenozni bir qismi sifatida birlashtiramiz. Biogeotsenoz yoki ekotizimga nisbatan ular nafaqat tashqi balki ichki omil hisoblanadi. Faraz qilaylik bu omillar ekotizimga ta‘sir qilmay qo’ysa nima bo’ladi? Ma‘lum bir vaqt ekotizim faoliyatini davom etkazadi, masalan o’txo’r hayvonlar o’simlik qoldiqlaridan, yirtqich-konsumentlar esa, ular bilan oziqlanadi. Shunday qilib tashqi ta‘sir ekotizimni qo’zg’atuvchi yagona sabab emas.


    6.2 Ekotizimni tashkil topishi. Har qanday tizimga nisbatan ko’pchilik va umumiylik tushunchalari mavjud. Ko’pchilik – matematik mantiqdagi keng hajmdagi tushunchadir. Ko’pchilikni boshqa tushunchalar orqali aniqlanadi. N.I. Kondakov bo’yicha ko’pchilik - bu ularni hammasi uchun tavsifli xususiyatga ega bo’lgan yig’indi, ba‘zi hududlarning qo’shilishi. O’z navbatida umumiylik deganda, bir xil belgilariga qarab birlashtirilgan xududlar yig’indisi tushuniladi. Masalan: qazilma organizmlar yig’indisi namunasi, zararkunandalar kollektsiyasi va boshq.
    Umumiylik va ko’pchilikdan farqliroq tizim, umumiy xususiyatlarga yoki belgilarga ega bo’lgan qandaydir elementlar majmuasini bildirmaydi. Elementlarning o’zaro bog’liqligi (har bir element hech bo’lmaganda bitta element bilan) muhim va ular bir butunlikni tashkil etadi. Murakkab tizimlarda esa ular o’zaro bog’langan sathlarga bo’lingan.



    Umumiy holda tizimlarni tashkil topishi deganda, uning elementlar tarkibi (komponentlari), tuzilishi (uning elementlari va satxlari o’rtasidagi munosabatlar yig’indisi), boshqaruv tizimi tuzilishi bilan mos holdagi faoliyati tushuniladi (masalan, organizmning asab markazi, ekotizimlarda konsumentlar va boshq.)

    Ekotizim tashkil topishining muhim farqli xususiyati, unda tirik organizmlarning bevosita (yoki bilvosita) ishtirok etishidir.


    Tirik organizm singari har qanday ekotizim boshlanishiga (tug’ilish), yashash davriga (faoliyat) va tugashi (ekotizim parchalanishi, ekotsid) ga ega.
    Yuqorida qayd etilganidek, ekotizimlar ierarxik tashkil topish xususiyatiga ega, ya‘ni uning ayrim elementlari qaralayotgan tizimning quyi va yuqori tartibini bildiradi.
    Bu yerda shuni qayd etish lozimki, hozirgi vaqtda ko’pgina fanlar va olimlar tomonidan absolyut deb olingan dunyo modeli rad etilmokda. Ushbu modelning o’rniga tizim sathlarining ierarxik tuzilishi qo’llanilmoqda.
    Yu.A.Kosigin (1971) moddalar tashkil topishining asosiy sathlari tushunchasini kiritdi. Uning fikricha bunday sathlar ikkita: atom-molekulyar va planetar. Shulardan birinchisi –kristalli va qisman tog’ jinslarini, ikkinchisi – planetamizning mavjudligini bildiradi.




    Download 309.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 309.5 Kb.