I BOB.OTLARDAGI KO`PLIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI




Download 0.59 Mb.
bet10/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
I BOB.OTLARDAGI KO`PLIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

1.1. Otlarda ko`plik ma`nosining ifodalanishi

Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan “Hozirgi o`zbek adabiy tili” kitobida otlardagi ko`plik kategoriyasi haqida shunday deyilgan: “Otlarda oppozitsiya holida bo’lgan birlik va ko’plik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi formalar sistemasi gramatik son kategoriya ko’rinishini tashkil qiladi.”9

Shu darslikda ko`plik ma’nosini ifodalovchi vositalar haqida ham so`z yuritilib, bu ma’no –lar qo`shimchasi orqali ifodalanishi ta’kidlanadi. Mazkur manbada yana shunday deyiladi:

“Ko`plik ma’nosi -lar qo’shimchasidan tashqari boshqa usullar bilan ham ifodalaniladi:

1. Son orqali: o’nta kitob , beshta tuman ottizta qiz kabi

2. Takirori soz yordamida: dasta-dasta gul ,baland-baland imorat,qop-qop un kabi.”10

M.Mirzayev, S.Usmonov va I.Rasulovlar tomonidan yaratilgan “O`zbek tili” kitobida ko`plik kategoriyasi shunday yoritilgan:

“Otlarnig birlik va ko’plik formalarida ishlatilishi grammarik son kategopyasi deyiladi.

Otlarda grammatik ko’plik lar qo’shimchasi orqali ifodalaniladi .Ko’plikning bunday maxsus qo’shimcha bilan ko’rsatilishi ko’plikning morfologik usul bilan ifodalahishi deyiladi. Masalan; bolalar ,stollar kabi.

Ko’plikning morfologik usul bilan ifodalanishi ko’p predmetning ayrim –ayrim holda mavjudligini anglatishga asoslanadi.

Predmetning ko’pligi maxsus miqdor bildiradigan so’zlarni, sonlarni ot oldida keltirish usuli bilan ham ifodalanadi . Bu usul sintaktik usul deyiladi.Chunki miqdor bildiruvchi so’z otning aniqlovchisi bo’lib keladi. Masalan: bir necha odam, beshta ruchka , ko’p kishi kabi . Bunda otlar birlikda bo’ladi.

Leksik-semantik va sintaktik ko’plik ayrim so’zning morfologik tuzilishi bilan, formasi bilan bog’lanmagan; ammo morfologik ko’plik so’zning tarkibiga bevosita aloqadordir.”11

Mualliflar jamoasi esa qisqacha ma`lumotlar berilgan.

“Otlar nutqda grammatik jihatdan birlik va ko’plik shaklda qo’llanadi.

Birlik – odam, daraxt, qo’y, kitob kabi.

Ko’plik – odamlar, daraxtlar, qo’ylar,kitoblar kabi.

Ko’plik son shakildagi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (yoki noaniq ko’plikni) anglatadi. Otlarda grammmatik ko’plik –lar qo’shimchasi orqali ifoda qilinadi.

Masalan ; shaharlar, maktablar, daryolar, gullar kabi.12

2007-yilda yaratilgan “Ona tili” darsligida yuqoridagi fikrlardan farq qiluvchi quyidagi fikrlar bildirilgan:

“Otlarda xos morfologik xususiyatlardan biri son kategoriyasidir. Otlarda son kategoriyasibir-biriga qarama –qarshi qo’yilgan birlik son shakli va ko’plik son shakli tashkil etadi.

Ko’plik son shaklida qo’llanuvchi otlar ikki yoki undan ortiq predmetni (noaniq ko’plikni ) anglatadi : qalamlar, daftarlar, to’g’lar, uylar, talabalar kabi.

Otlarda grammatik ko’plik son shakli –lar affikisi bilan hosil qilinadi. Ko’rinadiki, otlardagi birlik ma’nosi va ko’plik ma’nosi hamda bularni ifoda etuvchi shakllar yig’indisi son kategoriyasini hosil qiladi.

Otlarda son kategoriyasini birlik va ko’plik ma’nosida qo’llana oladigan otlarga xosdir. Sanash mumkin bo’lgan ,bevosita predmetni anglatadigan kankret turdosh otlar birlik shakli bilan birga ko’plik son shaklida ham qo’llanadi: xona-uchta xona –xonalar ; bola - beshta bola - bolalar kabi.”13

Demak, otning –lar qo’shimchasini olgan shakli ko’plik (gullar, daraxtlar, yulduzlar) deyiladi.

Arabcha ko’plikni bildiruvchi –ot, -at qo’shimchasini olgan so’z ham birlik shaklida deyiladi: nabotot, muzofot, mukofot. Ba’zi so`zlarda u mavhum ot yasaydi: ma’lumot, mushkulot, zarurat, madaniyat.

Ko’plik -lar shaklisiz ham ifodalanadi:

a) son bilan : Darsda 15 ta o’quvchi qatnashdi.

b) ravish bilan: Maydonda ko’p odam yig’ilgan edi.

d) olmosh bilan: Shuncha qalamni nima qilasiz?

e) takrori hisob so’z bilan: dasta –dasta gul.

Otlar birlik yoki ko’plikda qo’lanishiga ko’ra ikkiga ajiraladi;

1) birlik va ko’plikda qo’llanadigan ot;

2) birlikda qo’lanadigan ot

Otning ba’zi turlari ko’plik shaklini olmaydi: atoqli ot, mavmum ot, yakka predmet nomini bildiruvchi, sanalmaydigan jism nomini bildiruvchi, juft predmet nomini bildiruvchi otlar.

Aytilganlar asosida ko’plik ma’nosining ifodalanishini quyidagicha tartiblash mumkin


  1. Morfologik usul: uylar,kitoblar;

  2. Sintaktik usul; ancha odam;

  3. Leksik usul: armiya , xalq;

  4. So’zni juflash usuli: qop-qop;

  5. Leksik –morfologik usuli; ancha kitoblar




Download 0.59 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I BOB.OTLARDAGI KO`PLIK SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Download 0.59 Mb.