Uslubiyat haqida umuumiy ma’lumot




Download 0.59 Mb.
bet7/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Uslubiyat haqida umuumiy ma’lumot
Uslub – so`zlovchi yoki yozuvchining ifodalayotgan fikriga, hodisaga shaxsiy munosabatini ifodalashidir. So`zlovchi yoki yozuvchi biror bir narsa, harakat, holat haqida xabar beribgina qolmay, xabarga bo`lgan o`zining salbiy yoki qo`shimcha subyektiv munosabatini og`zaki nutqida ham, yozma nutqida ham ifodalashi mumkin. Modal ma`nolar ohang, mimika, qo`l harakatlari bilan (og`zaki nutqda) leksik, fonetik va grammatik vositalar yordami bilan ifodalanadi (og`zaki va yozma nutqda). Masalan: Daraxt shoxlarini yam-yashil yaproqlar-u, oq, qizg`ish g`unchalar birla yasantirildi.

Hamma so`z, ibora va sintaktik qurilmalar ham ma`lum bir nutq uslubini yaratishga xizmat qilavermaydi: qalam, kitob, daftar va shunga o`xshash so`zlar o`z asl ma`nosida biror uslubga nisbatan betaraf so`zlardir. Ular nutqning biror turini tashkil etishlari uchun ko`chma ma`noda qo`llanishi kerak. So`zning tilshunos olimlar tomonidan farqlanadigan ikkita ma`nosi mavjud. 1) denotativ ma`no so`zning asl tub ma`nosi hisoblanadi. 2) konnotativ ma`no so`zning ko`chma, qo`shimcha ma`nosidir.7 Masalan: Bo`talog`im kelibdi bog`chadan.1) asl ma`nosi tuya bolasi 2) erkalash.

“Tilning ma`lum shaxslar – tilshunos va adabiyotshunoslar, badiiy ijod vakillari bo`lmish shoir va yozuvchilar tomonidan sayqal berilgan, muayyan qoidalarga bo`y sundirilgan shakli adabiy nutq deb yuritiladi.

Lug`aviy, grammatik, uslubiy me`yorlar adabiy tilning hamma ko`rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilariga oid me`yorlar adabiy tilning faqat yozma shakli uchun, to`g`ri talaffuz me`yorlari esa faqat og`zaki nutq shakli uchun xosdir”8.

O`zbek adabiy tilida quyidagi nutq uslublari bor: so`zlashuv uslubi, badiiy uslub, ilmiy uslub, ommbop uslub, rasmiy uslubi.



Download 0.59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uslubiyat haqida umuumiy ma’lumot

Download 0.59 Mb.