• Tunlari
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna




    Download 0.59 Mb.
    bet12/25
    Sana29.03.2017
    Hajmi0.59 Mb.
    #2630
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
    Ko’ngillarim ozib ketdi.Uyqularim qochib ketdi.

    3. Shaxs yoki narsada asli o’zi bir dona bo’ladigan predmetlarni bildiradigan so’zlar –lar affiksi bilan qo’llanganda ham ko’plik ifodalanmaydi, balki ma’no kuchaytiriladi: Boshlarim og’rib ketdi. Tillarim achishib ketdi. Bunday narsa mansub bo’lgan shaxs yoki narsa ko’p bo’lsa , aslida bir dona bo’ladigan (inson yoki narsada) predmetni bildiruvchi bosh, til kabi so’zlar –lar affiksini olganda , ko’plik ifodalanadi: Odamlarning boshlari ko’rindi yoki odam boshlari ko’rindi.

    4.Donalab sanalmaydigan predmetlarni bildiruvchi otlar –lar affiksi bilan qo’llanganda, shu predmetning turlari (bir necha turi) ifodalanadi: unlar, suvlar yog’lar kabi.

    5. Ma’lum kasb-hunar , fan, shu kasb hunarga, fanga oid soxani bildiruvchi otlar ko’plik formasida qo’llanmaydi: o’qituvchilik , dehqonlik, olimlik , matematika, ximiya, tilshunoslik kabi.15

    Oily o’quv yurtlari uchun yaratilgan “Ona tili” darslik kitobida –lar qo`shimchasining ko`plikdan tashqari uch turdagi ma’no ifodalanishi haqida yozilgan: a) nav, tur, b) mo’llik, jamlik d) ma’noni kuchaytirish.

    “Bunday holda –lar ko’plik ma’nosini emas, balki quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:

    1. Abstrakt otlar, yakka bir predmetni anglatuvchi otlar, juft predmetni anglatuvchi otlar –lar affiksi qo’shilganda ma’noni kuchaytiradi yoki ta’kidlaydi :Kumushning qoshlari chimirildi. (A.Qodiriy).

    2. Donalab sanalmaydigan predmetni anglatuvchi otlarga – lar affiksi qo`shilganda, shu predmetning turi, navi, yoki mo`llik kabi ma`onlarni bildiradi: zilol suvlar, eram kabi bog`u-bo`stonlar (G`ayrati).

    3. Atoqli otlarga qo`shilganda esa umumlashtirish, birgalik kabi ma`nolarni bildiradi: Saidalar kelishdi kabi.

    Shuningdek, qarindosh-urug`lik munosabatini bildiruvchi(ota, ona, buvi, aka, opa kabi) otlarga egalik qo`shimchasidan – lar affiksi qo`shilganda bu otlar hurmat ma`nosini anglatadi: otamlar, opamlar, buvimlar kabi.16

    Mazkur ishni yaratish davomida yig`ilgan misollardan kelib chiqqan holda -lar qo`shimchasining quyidagi uslubiy xususiyatlari borligi aniqlandi:

    a) hurmat: Navoiy hazratlarining oldilaridan biri o`tdi. (2-sinf “O`qish kitobi”dan).

    b) kuchaytirish: Ishonch sizlarga kuch beradi. (3-sinf “O`qish kitobi”dan).

    d) chama: …keyin o`sha kun haddan tashqari qizdirib yuborgan 19-iyun kunduz soat oltilarda jon beradi. (4-sinf “O`qish kitobi”dan).

    e) davomiylik: Tunlari bog`larda “to`p-to`p” qilib birovlar yurib chiqayotgandek tuyildi. (2-sinf “O`qish kitobi”dan).

    f) nav, tur: Dasturxon yozib non, shirinlik va mevalarni terib qo`yibdi. (2-sinf “O`qish kitobi”dan).

    g) jamlash: Kecha uyimizga Salimjonlar kelishgan. (4-sinf “O`qish kitobi”dan).

    h) piching, kinoya: Bizning a`lochilarimiz ham kelibdi-da? (1-sinf “O`qish kitobi”dan).





    Download 0.59 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




    Download 0.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna

    Download 0.59 Mb.