O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna




Download 0.59 Mb.
bet11/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
1.2 – lar ko`plik qo`shimchasining uslubiy xususiyatlari

Biz tahlil qilgan ilmiy adabiyotlarda –lar qo`simchsining uslubiy xususiyatlari haqida ham ayrim ma’lumotlar berilgan. M.Mirzayev, S.Usmonov va I.Rasulovlar tomonidan yaratilgan “O`zbek tili” kitobida bu haqda shunday deyilgan:

“Grammatik ko’plikni ifodalaydigan –lar qo’shimchasi ko’plikdan tashqari, ko’plikdan kelib chiqqan yana shunday ma’nolarni ham ifodalashi mumkin:

1. Donalab sanalmaydigan narsalarning nomlariga –lar qo’shilganda ,ularning ko’pligi emas, balki turli xillarni yoki navlari anglashiladi. Masalan: suvlar (gaz suvlari), yog’lar (turli yog’lar), olmalar (turli nav olmalar) va boshqalar.

2. Ma’noni kuchaytiradi:

a) abstirakt otlarga qo’shilganda: Ayamdan nax balolarga qolaman.(S.Abd)

b) konkret otning ma’nosi abstraktlashib,belgi anglatganda:

Ishqing bilan ishim ohu afg’onlarning,

Hasratingda bo’ldi rangim somonlar (S.Abd)

Hoji ona: – Hoy, hoy Rahima o’lgur qachondan beri tiling chiqib qoldi ?...Hu tillaring kesilsin !(H.H)

3. Qarindoshlik ifodalovchi otlarga egalik affikisidan keyin qo’shilganda, -lar hurmat ma’nosini anglatadi.

Masalan : “Dadamlar ham o’quvchilar”,-dedi Gulnora . (H.N)

4. Shaxs anglatadigan otlarga (olmoshlarga ham) –lar qo’shilganda ,ba’zan piching , kesatiq ma’nosi hosil bo’ladi.

Masalan: Hamidulla...Said kelayotganda ...gapirgan ham gaplarini bir og’iz so’z bilan bir pul qildi-qo’ydi... Saidaga yaqin kelib sekin so’radi: - Kechirasiz ...So’raganning aybi yo’q ... o’zlari kuyov qilganmidilar?...Kuyov qilish niyatlari bormi?..Mavsumni o’tkazmasdan kuyov qilsalar, o’zlariga ham yaxshi, bizga ham yaxshi bo’lar edi. Tojixon o’zlaridan ibrat olsa, kamina kuyovlaridan ibrat olsam, turmushimiz yaxshi bo’lib ketsa, ajab emas...(A.Q)

5. Mashhur shaxslarning (yoki asar qahramonlarining) otlariga qo’shilganda , -lar affikisi atoqli otni jamlovchi turdosh otlar ma’nosin anglatadi. Atoqli ot umumlashtiradi.

Masalan: Onaxonlar bu yil paxta planini muddatidan ilgari bajardi.(I.R)

6. Juft predmetlarning otlariga –lar qo’shilganda, ularning har birini ta’kidlash ma’nosini hosil qiladi.

Masalan : G’oza ... uning ko’zlariga ko’proq yashnab chiroyli ko’rinar.(O.)”14

Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan “Hozirgi o’zbek adabiy tili” kitobda ham –lar qo’shimchasining faqat ko’plikni emas, balki boshqa ma’nolari borligini aytilgan.Yuqoridagidan farqi shundan iboratki, –lar qo’shimchasini beshta turdagi ma’noni anglatishi haqida shunday deyilgan:

“Ayrim otlar bildirgan narsa-predmetlar obyektiv ravishda ko’plik tushunchasiga ega bo’lmaydi. Shunga ko’ra, bunday narsa –predmetni bildiruvchi otlar birlik formada qo’lanilmaydi. Agar –lar affikisini olsa, ko’plik emas, balki turli ma’nolar ifodalanadi. Bular ma’nosiga ko’ra quyidagi xususiyatlarga ega bo’lgan otlardir :

1. Atoqli otlar : Nabi, Akbar, Salima, Toshkent, Mirzachol, Sirdaryo kabi. Bulardan kishi nomlari-lar affiksi bilan qo’llansa, shu nom bildirgan shaxs vau bilan birga bo’lgan kishilar guruhi (oilasi,kollektivi) ma’nosi ifodalanadi: Salimalar,Halimalar kabi. Geografik joy nomlari (geografik atoqli otlar) –lar affiksi bilan qo’llansa , shu ot bildirgan joyni ham o’z ichiga olgan kengroq (kattaroq) territoriya ma’nosi ifodalanadi: Moskvalarni tomosha qilib kelmoq.

2. Son-miqdor tushunchasiga ega bo’lmaydigan mavxum tushunchalarni bildiradigan otlar: sevgi, uyqu , kambag’allik, aql, ko’ngil kabi. Bu tipdagi otlarning –lar affiksi qo’llanishi ham mumkin. Bu holda ko’plik ifodalanmaydi, balki ma’no kuchaytiriladi:



Download 0.59 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta‘lim pedagogikasi va tarbiyaviy ishlar metodikasi kafedrasi Davletova Mavluda Rustamovna

Download 0.59 Mb.