O`rin-payt kelishigining uslubiy xususiyatlari




Download 0.59 Mb.
bet17/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
2.4 O`rin-payt kelishigining uslubiy xususiyatlari
O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi otlardaga qo’shilib, harakatni o’z ustida olgan predmetni ko’rsatganda shunday ma’noni anlatish harakterli bo’lgan tushim kelishigi bilan sinonimik munosabatda bo’la oladi. Bunday paytda bularning biri o’rniga ikkinchisini ishlatish mumkin.

Masalan :



Mening singlim, opamning

Qo’llarini o’ynaydi

Hovli, uyni har kuni

Tozalaydi, to’ymaydi.

(2-sinf “ O’qish kitobi” 108-bet)

Bu she’rda qo’llarida o’riniga qo’llarini tarzida tushiniladi.

O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi ko’makchillar bilan sinonimlik munosabatga kirisha oladi.

Masalan, u ko’pincha ostida ko’makchisi bilan sinonimlik munosabatda bo`ladi:



G’allachilarning ko’pchiligi tushda shu sadada yig’lashadi.// G’alachilarning ko’pchiligi tushda shu sada ostida yig’lishadi.

(2-sinf “O’qish kitobi”, 209-bet)

Vosita ma’nosini anglatganda –da qo’shimchasi bilan ko’makchisining sinonimi sifatida ishlatilishi mumkin .



Men quvalab yetib borib, uni belkurakda urib o’ldirdim. //

Men quvalab yetib borib, uni belkurak bilan urib o’ldirdim.

(4 –sinf “ O’qish kitobi”, 62-bet)

O’rin–payt kelishigi ish–harakatning qaytarzda bajarilgaligini, yuzaga kelishini bildirib, qanday?, qanday qilib?, qaytarzda? kabi so’roqlariga javob bo’ladi.

Masalan:

Ular ba’zan alohida –alohida , ya,ni bir ko’chaga sariq, boshqa mahallaga yashil, yana bir boshqasiga ranglar bilan yog’ilsa.// -ranglarda yog’’ilsa

(4-sinf “ O’qish kitobi”, 83-bet)

Ayrim hollarda o’rin-payt kelishigi maqsadni bildiradi va nima uchun?, nima maqsada?,nimaga? kabi so’roqlarga javob bo’ladi .

Bunday vaqtda uchun ko’makchisiga sinonim bo’lishi mumkin.

Masalan: bilim olish maqsadida, o’qish niyatida, unversitetga kirgan edim.//bilim olish maqsadi bilan //o’qish niyati bilan//o’qish uchun kabi.

Masalan

Odatda, bunday ayyomlarda xalq sayillari,har xil musobaqalar tomashalar uyishtiriladi.

(4-sinf “ O’qish kitobi” 96-bet)

Ayyomlar uchun kabi so’zi sinonim hisoblanadi.

Agar ot usti, ost, ich, o’rta tipida ko’makchilar bilan birga kelsa o’rin-payt kelishigi ko’makchiga qo`shiladi. Ko’makchi tushirilib qoldirilsa u endi otga qo’shlsa va



Tog’ boshida qonga botib,shoir o’lardi,

Tog’ boshida bir umir paymon bo’lardi.

(Hamid Olimjon)

Farqi shundaki, ko’makchili qurilmada harakat yuz bergan o’rin aniq



Tog’da-tog’ boshida.

Harakat biror yuza sohasi bo’yicha davom etganda o’rin-payt kelishigi qo’shim chasi uzra ko’makchisi bilan grammatik sinonim bo’la oladi.

Masalan

Qishloq uzra parvoz qildi.

(3-sinf “ O’qish kitobi” 109-bet)

Qishloqda-parvoz qildi.

Orin-payt kelishigi vosita manosini anglatish uchun ishlatilganda orqali ko’makchisi bilan sinonim munosabatga kirishadi.

Masalan:

...miltiq orqali ko’p insonlarni qo’rqitdi.

(3-sinf “O’qish kitobi”47-bet)

Miltiq orqali - mitiqda kabi sinonim bo’ladi.

O’rin-payt kelishigi qo’shimchasi uchinchi shaxs egalik qo’shimchasidan keyin kelib, bilishimcha kabi kirish so’zlar tarkibida -cha qo’shimchasi bilan sinonim munosabatga kirishadi.



Men bilishimda ulug’ shohning o’g’lisan.

Kuntug’mish” dan.



Bilishimda –bilishimcha...

O’rin kelishigi qo’shimchasi ba’zan –dan iborat, -dan tug`iladi biikmali holda qo’llanishi mumkin.



Hamma kuch birlikda // Hamma kuch birlikdan iborat .

O’rin- payt kelishigi qo’shimchasi –da shakli ravishlar tarkibida ham bog’lovchi vazivasida, ta’kidlash ma’nosida –da yuklamasi bilan omonimlik munosabatda bo’ladi.

Masalan


  • Oldindagisi men, keyindagisi sen. Qishlog’imizni qo’riqlayapmiz . Qiziq bo’lsin deb chizdi-da.

(4-sinf “O’qish kitobi” 12-bet)




    1. Download 0.59 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`rin-payt kelishigining uslubiy xususiyatlari

Download 0.59 Mb.