POWER POINT DASTURI BILAN TANISHISH




Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana19.06.2024
Hajmi1,2 Mb.
#264446
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
hamza

 


12 
POWER POINT DASTURI BILAN TANISHISH 
Microsoft Power Point 97- universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali 
grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, chizma, grafiklar, animatsiya 
effektlari, ovoz, video va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini 
beradi. 
Slayd- ma’lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqalari hisoblanadi. 
Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. 
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor ko’rgazmani kompyuter ekrnida
videomonitorda, katta ekranda namoyish qilish mumkin. Ko’rgazmani tashkil qilish- 
slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir. 
Taqdim etish axborot texnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan taqdim 
etuvchi shaxsga uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va boshqalarga bog’liq 
ekanligini ham unutmaslik lozim. 
Power Point dasturi Microsoft firmasining Windows qobig’i ostida yaratilgan 
bo’lib, ushbu dastur prezentatsiyalari taqdimot qilish, ya’ni tanishtirish bilan ishlash 
uchun eng qulay bo’lgan dasturiy vositalaridan biridir. Bu dastur orqali barcha 
ko’rgazmali qurollarni yaratish va ba’zi joylarda esa ma’lumotlar bazasi sifatida ham 
qo’llash mumkin. Ayrim hollarda bu dasturdan multimedia vositalarini boshqarish va 
ularni qo’llab namoyish etuvchi qurilmalarga yuborush vazifalarini ham bajarish 
mumkin. Dasturdagi asosiy tushunchalar bu- slayd va prezentatsiya tushunchalaridir. 
Prezentatsiya ( taqdimot)- yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish 
etish uchun beriladigan fayl nomi.
Bu dasturni ishga tushirishni Windows ish stolidan boshlash zarur. Ish stolidagi 
quyidagi buyruqlarni bajarish orqali dastur ishga tushiriladi. 
«Пуск» - « Программы»- « Microsoft Power Point». Bu ketma –ketlikni bajarish 
uchun sichqonchaning chap tugmasi orqali amalga oshiriladi. (1 –rasm)


13 
1 – rasm 
Power Point ishga tushirilganda ekranda ko’rsatilgan taqdimot yaratish uchun 
quyidagi muloqot darchasini ko’rish mumkin. 
Bu muloqot darchasi orqali taqdimot yaratish turini tanlab olish mumkin 
bo’ladi. 4 ta asosiy bo’lim berilgan, ularning har biri haqida qisqacha aytib 
o’tamiz. 

« Мастер автосодержания» ( Avtomundarija ustasi)-ma’ruzachi ismi, familiyasi
mavzu nomi, taqdimot turi, uslubi, rangli chizmasini kiritib, bir necha slayddan iborat 
bo’lgan tayyor taqdimotni chiqaradi. 

« Шаблон презентации » (Taqdimot qoliplari)- taqdimotni jihozlash turini tanlash 
va ularda ish olib borish. 

« Пустую презентацию» ( Bo’sh taqdimotni) – mustaqil ravishda taqdimot tuzish 
imkonini beradi. 

« Открыт презентацию» ( taqdimotlarni ochish)- kompyuter xoritasida va diskda 
mavjud bo’lgan ko’rgazmali fayllarni ochadi.


14 
Har bir foydalanuvchi dasturda ish olib borish uchun yuqoridagi bilimlardan birini
o’z maqsadiga ko’ra tanlab oladi. Dastur ishini bo’sh taqdimotdan ham boshlash mumkun.
2- rasm. 
Muloqat darchasidan kerakli holat, masalan: « Пустой слайд » (bo’sh slayd) 
ko’rinishi tanlanadi va «Oк» tugmachasi bosiladi. 
Bu amallar bajarilgandan so’ng Power Point dasturining asosiy oynasi hosil 
bo’ladi.


15 

Download 1,2 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish