O’zbekistonda kompyuterlashtirish istiqbollari




Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana19.06.2024
Hajmi1,2 Mb.
#264446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
hamza

 
O’zbekistonda kompyuterlashtirish istiqbollari. 
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishi uchun barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va 
texnologiya bilan ta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beradigan 
kompyuter tizimini rivojlantirishga qaratildi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1992 yil 8 dekabr qarori bilan Fan va texnika bo’yicha Davlat qo’mitasi 
qoshida Axborotlashtirish bo’yicha bosh boshqarma tuzildi. Mazkur qarorda belgilab 
berilgan asosiy vazifa va faoliyat yo’nalishlari doirasida O’zR FTDQ tashabbusi bilan 
axborotlashtirish jarayonini rivojlantirish uchun bir necha qonunular qabul qilindi. 
Shulardan biri Axborotlashtirish haqida 1993 yil, may oyida qonun qabul qilingan. O’zR 
FTDQ Axborotlashtirish haqida Qonunning qoidalarini bajara borib, 1994 yil dekabrida 
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish konsepsiyasini 
ma’qulladi. Ushbu Konsepsiyaning asosiy maqsadi va unda qo’yilgan masalalar 
quydagilardan iboratdir: 
Milliy axborot – hisoblash tarmog’ini yaratish; 
Axborotlarga tovar sifatida yondoshishning iqtisodiy, huquqiy va me’yoriy 
hujjatlarini yuritish; 
Axborotlarni qayta ishlashning jahon standartlariga rioya qilish
Informatika industriyasini mujassamlashtirish va rivojlantirish va qo’llab – 
quvvatlash; 
Informatika vositalari foydalanuvchilarini tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish. 
Konsepsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan “O’zbekiston Respublikasining 
axborotlashtirish dasturi” ishlab chiqildi u uch maqsadli dasturni o’z ichiga oladi; 
a) Milliy axborot – hisoblash tarmog’i; 
b) EHMni matematik va dasturiy ta’minlash; 
c) Shaxsiy kompyuter. 
O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay 
intellektual imkoniyat va axborot zahiralariga ega. Fanlar Akademiyasi, oliy va o’rta 
maxsus o’quv yurtlari, ishlab chiqarish va firmalarda kompyuter texnikasi, aloqa, 
dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlari bo’yicha malakali hodimlar 
ishlamoqda. 
Buning yorqin dalili sifatida 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Kadrlar 
tayorlash milliy dasturi” ni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi 
chaqiriq V sessiyasida Prezident I .Karimov ko’targan masalalar yuzasidan 2001 yil 
23 mayda Vazirlar Mahkamasining “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot 
texnalogiyalarini rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro ahbarot tizimlariga keng kirib 
borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida 
“ gi Qarorini va 2001 yilning may oyida o’tkazilgan Internet festivalini aytib o’tish 
mumkin. 
Mustaqil respublikamizda kompyuterlashtirishnirivojlantirish, yuqori 
texnologiyalarni samarali va sifatli darajada qo’llash, hududimizdagi kompyuterlar 
bozorini kengaytirish va shunga o’xshash yo’nalishlarda qator tadbirlar o’tkazilidi va 
yangilari rejalashtirilmoqda.

Download 1,2 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekistonda kompyuterlashtirish istiqbollari

Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish