POWER POINTDA PREZENTASIYALAR YARATISH




Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana19.06.2024
Hajmi1,2 Mb.
#264446
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
hamza

POWER POINTDA PREZENTASIYALAR YARATISH 
BOSQISHLARI VA ULARNI NAMOYISH QILISH. 
Yangi taqdimotni yaratishda Power Point dasturining asosiy oynasidagi 
gorizantal menyuning « Файл»-« Создат» ( fayl –yaratish) buyruqlari ketma- ket 
bajariladi. Bu buyruqlar bajarilgandan so’ng « Создат презентацию» 
( prezentatsiya yaratish) muloqot darchasi qo’llanadi. Bu oynada quyidagi 
funksiyalarni bajaruvchi buyruqlar mavjud: 
1. « Общие» ( Umumiy) – yangi taqdimot yaratish qolipi; 
2. « дизайны презентаций » ( Taqdimot dizaynlari) – turli taqdimotlarining tasvir 
ranglari va qoliplarini ko’rsatish, ya’ni, rangi turi, harflar ko’rinishi va 
taqdimotning boshqa atributlarini aniqlash uchun Power Pointning dizayn 
shablonini tanlashimiz mumkin. 
3. « Презентации» ( Taqdimotlar) – bunda turli sohalarda ish olib borishga 
mo’ljallangan tayyor taqdimotlar ko’rinishlari keltirilgan. 
4. «Web- страницы » ( Web –sahifalar) ko’rinishdagi taqdimotlar. Biz yuqoridagi 
taqdimotlarni yaratish va ularning turini, dizaynlarini va sarlavhalarini 
tanlashimiz sichqoncha orqali amalga oshiriladi va ishga tushirish uchun “OK” 
tugmasi orqali bosiladi. 
Taqdimotlarni saqlash
. Yaratilgan taqdimotlar fayllarda saqlanadi. Saqlash 
uslubi Windowsning boshqa dasturlaridagi kabidir. Taqdimotlarni saqlash 
quyidagi usulda bajariladi: 
Standart uskunalar panelidagi saqlash (piktogrammasi) tugmasi
bosiladi yoki gorizantal menyudan «Файл» - «Сохранить» ( saqlash) 
buyrug’i beriladi. Shunda quyidagi muloqot darchasi hosil bo’ladi va ketma-ket 
quyidagilar amalga oshiriladi. 
1. Saqlash uchun fayl nomi va papkasi ko’rsatiladi. 
2. « Сохранить » ( Saqlash) tugmasi bosiladi. 
Taqdimotlarni tahrirlash.
Taqdimotlarni saqlagandan so’ng uning tarkibidagi 
barcha slaydlarni alohida- alohida o’zgartirish mumkin. Buning uchun yaratilgan 
slaydlarga sichqoncha ko’rsatkichi olib kelinadi va tugmasi bosilib tasdiqlangandan 
so’ng kerakli o’zgartirishlarni kiritish mumikin bo’ladi.


16 

Download 1,2 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish