17
POWER POINT DASTURI OYNASI VA MENYUSI.
3 – rasm.
Oynaning yuqori
satrida sarlavha satri, bo’lib u quyidagi ko’rinishga ega,
undan pastki satrda menyu satri,
shundan so’ng bizga kerakli uskunalar panellari joylashtirilgan.
Bu yerda ikkita uskunalar( «standart », «bichimlash» va rasmlar bilan ishlash)
paneli tasvirlangan bo’lib, qo’shimcha yana uskunalar panellari qo’yish mumkin.
Uskunalar panellari menyuning
Вид – Панел инструментов
buyrug’i orqali
qo’yish yoki olib tashlash mumkin rejim( holat) tugmachalari (
slaydlar rejimi, strukturalar
rejimi, saralash rejimi namoyishlar rejimi) Gorizontal va vertikal surgich maydoni va ishchi
maydonni o’z ichiga oladi.
18
Power Point ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning turlarini
boshqaruvchi tugmachalar ( piktogrammalar) guruhi joylashgan.
Tugmalarning vazifalari quyidagicha.
- Slaydlar rejimi. Bu rejim tanlanganda
ekranda faqat bitta slayd
tasvirlanadi. Slaydlar rejimi har bir slaydni ketma – ketlik bilan jihozlab unga kerakli
matnlarni kiritish juda qulay.
- Strukturalar rejimida har bir slayd belgi bilan ifodalanadi. Slayd
belgisidan keyin tartib raqami va sarlovhasi joylashgan. Sarlovha tagida slayd matni
ko’rinadi. Struktura rejimini taqdimot strukturasini o’zgartirganda, sarlavha va
matnlarni qayta ishlashda qo’llash tavsiya etiladi. Matn
slaydnini strukturaning
beshta darajasiga joylashtirish mumkin. Bu rejimda hamma slaydlarning sarlavhasini
va matnini ko’rib chiqish, taqdimot strukturasi slaydlarni jihozlash va rasmlarni
ko’rib chiqishga chalg’imasdan tekshirib chiqish mumkin.
- Slaydlarni saralash rejimida hamma slaydlar ekranda kichiklashtirilgan
holat ko’rinadi. Bu rejim slaydlarning o’rnini almashtirish uslubini o’rnatishda va
namoyish vaqtida slaydlarning ekranda ko’rinib
turish vaqtini belgilashda
qo’llaniladi. Bundan tashqari, bu rejimda slaydlarning o’rnini almashtirish va
slaydlarni kerakli joyga ko’chirish imkoniyati mavjud.
- varaq belgilar rejimi ma’ruza uchun kerak bo’lgan belgilarni
tayorlashda va korib chiqishda qo’llaniladi. Taqdimot yaratayotganda har bir slaydni
alohida varaqlarga chop etish va har bir varaqni boshqariluvchi matnlar bilan
to’ldirish mumkin.
- Namoyish etish rejimi ko’rgazmaning oxirgi ko’rinishini
qurish uchun
mo’ljallangan. Bu rejimda slaydlar ekranga ketma –ket chiqarildi. Namoyish etish
tartibi ko’zlanayotgan maqsadga qarab o’rnatiladi. Yuqorida qayd etilganlarning
barchasi namoyishdan avval tayorlab qo’yiladi.
Power Pointdan chiqish uchun « Файл» menyusidan « Выход» (« Chiqish»)
buyrug’i tanlanadi