180
ikkinchi navbatda -sug‘urta qildiruvchilarning boshqa majburiy sug‘urta
shartnomalari bo‘yicha talablari;
uchinchi navbatda - boshqa sug‘urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning)
talablari;
to‘rtinchi navbatda - budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni
nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha talablar. Ko‘rsatilgan
talablar
to‘liq qanoatlantirilgandan keyin ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar hamda jinoyat
yoki ma’muriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan
zararni qoplash bo‘yicha talablari qanoatlantiriladi;
beshinchi navbatda - sug‘urtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
21-modda. Sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralari
Qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash
uchun
sug‘urtalovchilar ham so‘mda, ham chet el valyutasida to‘langan sug‘urta
mukofotlaridan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta
zaxiralarini shakllantiradilar hamda joylashtiradilar.
Sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralariga mos keluvchi aktivlari olib
qo‘yilishi mumkin emas.
22-modda. Sug‘urtalovchilar to‘lov qobiliyatining kafolatlari
Sug‘urtalovchilar ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan eng
ko‘p miqdordan va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdoridan
ortiq majburiyatlarni o‘z zimmalariga
olishlari mumkin emas, ularning bu
majburiyatlarni bajarish qobiliyati to‘lovga qobiliyatlilik normativlariga va
moliyaviy barqarorlikning boshqa talablariga muvofiq qayta sug‘urta
qilingan
hollar bundan mustasnodir. Sug‘urtalovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilishga
haqlidirlar.