O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

26-modda. Sug‘urta siri 
Sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar, sug‘urta 
qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘i, sug‘urtalangan mol-


182 
mulk, sug‘urta puli, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul 
qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinishi mumkin emas. 
Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning umumiy shartlari, tavsiya 
etilayotgan sug‘urta bitimlari va operatsiyalarining ro‘yxati, sug‘urta tariflari, 
sug‘urta turlari hamda muddatlari ochiq axborot bo‘lib, sug‘urta siri predmeti 
bo‘lishi mumkin emas. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan ma’lumotlar sug‘urta 
qildiruvchi, shuningdek sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar o‘zlariga 
taalluqli ma’lumotlarga doir yozma rozilik berganda uchinchi shaxslarga oshkor 
qilinishi mumkin. 
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish bilan bog‘liq ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta 
qildiruvchining roziligi olinmagan holda sug‘urtalovchi tomonidan Transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 
to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga belgilangan tartibda taqdim etiladi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda 
sug‘urtalovchilar tomonidan sudga, prokurorga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud 
bo‘lgan taqdirda esa, surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sug‘urta 
qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi 
qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochilariga 
belgilangan tartibda taqdim etiladi. 
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi 
ma’lumotnomalar, bundan sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan 
shaxslarning sog‘lig‘i holati, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu 
hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar mustasno, 
qonun hujjatlarida majburiy sug‘urta bo‘yicha belgilangan majburiyatning sug‘urta 
qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli 
davlat boshqaruvi organlariga sug‘urta qildiruvchilarning roziligi olinmagan holda 
belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladi. 


183 
Tuzilgan sug‘urta shartnomalari va amalga oshirilgan hisob-kitoblar 
to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchi jismoniy shaxs vafot etgan 
taqdirda quyidagilarga beriladi: 
sug‘urta qildiruvchi o‘z vasiyatnomasida ko‘rsatgan shaxsga; 
sud va notariusga — ularning ish yurituvida bo‘lgan merosga oid ishlar 
bo‘yicha sudning qarori yoki notariusning o‘z muhri bilan tasdiqlangan yozma 
so‘rovi asosida. Notariusning yozma so‘roviga sug‘urta qildiruvchi vafot etganligi 
to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi ilova qilingan bo‘lishi kerak; 
konsulga uning ish yurituvida bo‘lgan merosga oid ishlar yuzasidan. 
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari pul mablag‘lari yoki boshqa mol-
mulk bilan bog‘liq operatsiyalar to‘g‘risidagi jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in 
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan 
axborotni 
qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli 
davlat organiga taqdim etadi. 
Tuzilgan sug‘urta shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda kredit byurolariga taqdim etiladi. 

Download 2,42 Mb.
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish