185
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning qonun hujjatlariga muvofiqligi.
III. QAYTA TASHKIL ETISHGA RUXSATNOMA
OLISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR
6. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun sug‘urtalovchi
vakolatli
organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomga
3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha
qayta tashkil etishga
ruxsatnoma berish to‘g‘risida ariza;
muassislarning (qatnashchilarning) yoki ta’sis hujjatlarida bunga vakolat
berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi
qarori;
tashkil etilayotgan sug‘urtalovchining balansi va
uning faoliyati moliyaviy
natijalari prognozi;
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib
yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
7. Sug‘urtalovchidan ushbu Nizomning
6-bandida nazarda tutilmagan
hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Qayta tashkil etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar sug‘urtalovchi
tomonidan vakolatli organga bevosita, pochta aloqasi
orqali yoki ularning
olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron
shaklda taqdim etilgan hujjatlar sug‘urtalovchining elektron raqamli imzosi bilan
tasdiqlanadi.
9. Hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha
qabul qilinadi, ro‘yxatning nusxasi hujjatlar
qabul qilingan sana ko‘rsatilgan holda sug‘urtalovchiga
darhol beriladi
(yuboriladi).