V. QAYTA TASHKIL ETISHGA RUXSATNOMALAR DUBLIKATLARINI BYERISH 19. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan
taqdirda sug‘urtalovchining arizasiga ko‘ra uning dublikati beriladi.
20. Vakolatli organ qayta tashkil etishga ruxsatnoma dublikatini ariza
olingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda, shuningdek
qayta tashkil etishga ruxsatnomaning asl nusxasini - u yaroqsiz holga kelgan
taqdirda berishga (yuborishga) majbur. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma dublikati
berilganligi uchun vakolatli organ tomonidan yig‘im undirilmaydi.
VI. QAYTA TASHKIL ETISHGA RUXSATNOMANING AMAL QILISHINI TO‘XTATIB TURISH, TO‘XTATISH VA UNI BEKOR QILISH 21. Qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va
to‘xtatish, qayta tashkil etishga ruxsatnomani bekor qilish "Tadbirkorlik faoliyati
sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 22, 23 va 25-moddalariga muvofiq nazarda tutilgan hollarda va
tartibda amalga oshiriladi.
22. Vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat
beruvchi talablar va shartlarga rioya qilishni tekshirishdan bosh tortish qayta
tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun
asos bo‘ladigan ruxsat beruvchi talablar va shartlarning bir marta qo‘pol ravishda
buzilishiga kiradi.
VII. QAYTA TASHKIL ETISHGA BERILGAN RUXSATNOMALAR REYESTRI 23. Vakolatli organ qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestrini
yuritadi va uni o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
189
Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestrida sug‘urtalovchilar
to‘g‘risidagi quyidagi asosiy ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
sug‘urtalovchining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili,
telefoni;
qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilgan sana va uning tartib raqami;
qayta tashkil etishga ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning amal
qilishini to‘xtatib turish va tiklashning asosi va sanasi;
qayta tashkil etishga ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatishning asosi va
sanasi;
qayta tashkil etishga ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
qayta tashkil etishga ruxsatnomalar dublikatlarini berishning asosi va sanasi.
24. Qayta tashkil etishga berilgan ruxsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar
yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.