179
to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi
(sug‘urtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish
natijasida yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilarga litsenziyalar berish qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘lish va ajratib chiqarish
shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangitdan tuzilgan
sug‘urtalovchilar litsenziya olguniga qadar bo‘lgan davrda ular yangi sug‘urta
shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirishga haqli
emas, ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmalariga olingan,
huquqiy vorislik tartibida o‘zlariga o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan
mustasno.
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda o‘ziga boshqa
sug‘urtalovchi qo‘shilayotgan sug‘urtalovchi, agar qo‘shib olish natijasida
litsenziyaning shartlari o‘zgarmasa, amaldagi litsenziyani saqlab qoladi.
O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchining litsenziyasi
qayta rasmiylashtiriladi.
Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotganda litsenziyani qayta
rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sug‘urtalovchilarda yangidan vujudga
kelgan sug‘urtalovchini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziya mavjud
bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.