O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

9
7
-modda. Sug‘urta syurveyerining huquq va majburiyatlari 
Sug‘urta syurveyeri: 
xizmatlar ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urta qildiruvchini) erkin 
tanlashga; 
sug‘urta 
ob’ektini 
o‘rganish 
uchun 
sug‘urta 
qildiruvchidan 
(sug‘urtalovchidan) zarur axborotni so‘rash va olishga; 
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, faoliyati sug‘urta ob’ektlariga 
daxldor bo‘lgan boshqa tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga 
haqli. 
Sug‘urta syurveyeri qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga 
muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Sug‘urta syurveyeri: 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; 
sug‘urta ekspertizasi o‘tkazish uchun taraflar taqdim etgan hujjatlarning 
saqlanishini ta’minlashi; 


171 
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning 
maxfiyligini saqlashi. 
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining 
talabiga ko‘ra taqdim etishi shart. 
Sug‘urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
9
8
-modda. Assistans 
Assistans sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga, naf 
oluvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta shartnomasi doirasida assistans 
xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ularga 
moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir. 
Assistans o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq 
amalga oshiradi. 
Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar) 
ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq to‘lanadi. 
Assistans: 
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari 
o‘tkazishga; 
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; 
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas. 

Download 2,42 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish