169
aktuar
xizmatlari
ko‘rsatiladigan
sug‘urtalovchini
va
boshqa
buyurtmachilarni erkin tanlash;
aktuar xulosasini tuzish uchun zarur bo‘lgan axborot sug‘urtalovchi va
boshqa buyurtmachilar tomonidan
taqdim etilmagan taqdirda,
aktuar xizmatlari
ko‘rsatishni rad etish;
boshqa aktuar tashkilotlarni va o‘zga mutaxassislarni aktuar xizmatlari
ko‘rsatishda ishtirok etishga belgilangan tartibda jalb etish.
Aktuar tashkilot qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Aktuar tashkilot:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
aktuar xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligiga rioya
etishi;
aktuar xulosasida aktuar hisob-kitoblarning kamchilik
faktlarini va ularni
bartaraf etishga doir takliflarni aks ettirishi.
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining
talabiga ko‘ra taqdim etishi shart.
Aktuar tashkilot zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
9
6
-modda. Sug‘urta syurveyeri
Sug‘urta syurveyeri quyidagilar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, o‘z
shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim
va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir:
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilguniga qadar sug‘urta
(qayta sug‘urta qilish) ob’ektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi
tuzilguniga qadar barcha
faktlarni va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish,
tavakkalchilik darajasini
aniqlash;
tekshirilayotgan sug‘urta ob’ekti bo‘yicha xulosa tuzish.
170
Sug‘urta
ekspertizasini
o‘tkazishga
vakolatli
mutaxassislarning
(ekspertlarning) ish tartibi sug‘urta syurveyeri tomonidan belgilanadi.
Sug‘urta syurveyeri o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi)
bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Sug‘urta syurveyeri:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari
o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga
oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Sug‘urta syurveyeri ishining natijalari bo‘yicha hisobot taqdim etiladi,
sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) bu hisobotdan sug‘urta (qayta sug‘urta qilish)
shartnomasi tuzish chog‘ida foydalanishi mumkin.
Sug‘urta syurveyerining hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta
ekspertizasi jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.