163
Sug‘urtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sug‘urta agenti bo‘la
olmaydilar.
Sug‘urta agenti o‘z faoliyatini sug‘urtalovchilar bilan tuzilgan topshiriq
shartnomalari (agent bitimlari) asosida amalga oshiradi.
Sug‘urta agenti faqat o‘zi bilan topshiriq shartnomasi (agent bitimi) tuzgan
sug‘urtalovchi reyestriga kiritilganidan keyin o‘z faoliyatini amalga oshirishi
mumkin.
Quyidagilarga:
sug‘urta agentining tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun
litsenziyaga ega bo‘lmagan sug‘urtalovchilar nomidan sug‘urta
shartnomalari
tuzishiga;
agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha
qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi hududida sug‘urta
bo‘yicha sug‘urta agentining O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan
tartibda ro‘yxatga olinmagan chet el sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta
shartnomalari tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan vositachilik faoliyatiga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Sug‘urta agenti — jismoniy shaxs o‘z nomiga, to‘lovlar naqd pullar bilan
amalga oshirilganida esa yaqin qarindoshlari (otasi, onasi, xotini, eri, o‘g‘li, qizi,
opa-singillari va aka-ukalari) nomiga sug‘urta shartnomalari bo‘yicha
hujjatlar
yozishga, shuningdek o‘z foydasiga sug‘urta shartnomalari tuzishga va bunda
mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta agenti sifatida ish ko‘rishga haqli
emas.
9
1
-modda. Sug‘urta agentining huquq va majburiyatlari
Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalovchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida sug‘urtaning har
qanday turi, shu jumladan majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha vositachilik
faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtaga qabul qilinayotgan sug‘urta
tavakkalchiligini baholashda,
sug‘urta hodisasi yuz berganda sug‘urta to‘lovini to‘lashda va sug‘urta
164
qildiruvchining sug‘urta mukofotini to‘liq hajmda hamda sug‘urta shartnomasida
belgilangan muddatlarda to‘lashida zarur ko‘mak ko‘rsatish;
sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari,
sug‘urta zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida,
shuningdek
sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa
ko‘rsatkichlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish;
sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi) tuzish uchun zarur hujjatlarni
rasmiylashtirish;
sug‘urta qildiruvchidan qabul qilib olinayotgan tavakkalchiliklar to‘g‘risida
sug‘urtalovchiga to‘liqroq axborot berish maqsadida barcha uchun ochiq bo‘lgan
manbalardan tavakkalchilik va sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida sug‘urta
qildiruvchining shaxsiy hayotiga aralashmagan holda ma’lumotlar to‘plash.
Sug‘urta agenti qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta agenti:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug‘urta shartnomasi tuzishda va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashda
hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga ko‘maklashishi;
sug‘urta
tariflari, sug‘urtalovchilar tomonidan taklif etilayotgan sug‘urta
shartlari haqida, litsenziyaning mavjudligi, ustav fondi miqdorlari, sug‘urta
zaxiralari hamda qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek
sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa
ko‘rsatkichlar haqida axborotga ega bo‘lishi;
sug‘urta shartnomasini rasmiylashtirishda sug‘urta qildiruvchi to‘g‘risida
zarur axborotga ega bo‘lishi, unga sug‘urta tavakkalchiligini
pasaytirish va
sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimolini kamaytirishga qaratilgan aniq tadbirlarni
amalga oshirishni taklif etishi;
sug‘urta qildiruvchilarning so‘roviga ko‘ra ularga sug‘urtaning amaldagi
shartlari to‘g‘risida axborot berishi;
165
sug‘urta shartnomalarini belgilangan tartibda tuzishi va yangi muddatga o‘z
vaqtida
qayta rasmiylashtirishi;
tuzilgan sug‘urta shartnomalari va olingan sug‘urta mukofotlari summalari
hisobini belgilangan shaklda yuritishi;
sug‘urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi;
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etgan ma’lumotlarning
maxfiyligini saqlashi;
sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati mobaynida tavakkalchilik
shart-sharoitlarining jiddiy ravishda o‘zgarishiga taalluqli axborotni sug‘urtalovchi
o‘z vaqtida olishini, shuningdek sug‘urta e’tirozlari yuzaga kelganda hamda ularni
tartibga solish jarayonida sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida
axborotning o‘z vaqtida almashinishini ta’minlashi;
tegishli bitim mavjud bo‘lgan
taqdirda, sug‘urtalovchining topshirig‘iga
ko‘ra va uning hisobidan sug‘urta to‘lovlari to‘lanishini tashkil etishi shart.
Sug‘urta agentining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.