5-modda. Sug‘urta faoliyati sub’ektlari
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining
sub’ektlari hisoblanadi.
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta
syurveyerlari,
shuningdek
assistans
sug‘urta
bozorining
professional
ishtirokchilaridir.
Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta
vositachilari hisoblanadilar.
6-modda. Sug‘urtalovchi
Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan
va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga
oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs
sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning
6
1
-
moddasida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6
1
-modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta
sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish;
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish;
159
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda
investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional
faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun
sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi;
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish
bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini
amalga oshirish;
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini
qonun
hujjatlarida
belgilanadigan
tartibda
va
shartlarda
moliyalashtirish;
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir
qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli
axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot,
seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa
tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining
boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad
etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni,
sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi
ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan
tartibda amalga oshirish;
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
160
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta
shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni
realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting
tashkilotlari reytinglarini olish;
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchi:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning
maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi;
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestrini yuritishi;
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining
talabiga binoan taqdim etishi;
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur
hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi;
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri o‘zgargan
taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda
belgilangan tartibda yetkazishi;
sug‘urta zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilanadigan
tartibda
va shartlarda
shakllantirishi hamda joylashtirishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik
tekshiruvidan o‘tishi;
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta
aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi;
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda
yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
161
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi,
moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
|