• 8-modda. Qayta sug‘urta brokeri
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet98/132
    Sana16.11.2023
    Hajmi2,42 Mb.
    #100112
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132
    Bog'liq
    Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

    7-modda. Sug‘urta brokeri 
    Sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta 
    shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga 
    oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta brokeri hisoblanadi. 
    Sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari 
    bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas, qayta sug‘urta brokerining faoliyati 
    bundan mustasnodir. 
    Sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga haqli 
    emas. 
    Sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma 
    asosida xizmatlar ko‘rsatadi. 
    8-modda. Qayta sug‘urta brokeri 
    O‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta 
    qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan 
    qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha 
    faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi. 
    Qayta sug‘urta brokeri sug‘urtalovchining ustav fondida ishtirok etishga 
    haqli emas. 
    Qayta sug‘urta brokeri o‘zi bilan sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan 
    shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatadi. 
    8
    1
    -modda. Sug‘urta hamda qayta sug‘urta brokerlarining huquq va 
    majburiyatlari 
    Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari quyidagi huquqlarga ega: 
    sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har qanday turi bo‘yicha vakolatlar 
    doirasida vositachilik faoliyatini amalga oshirish; 


    162 
    sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasi tuzilgan taqdirda, 
    sug‘urtalovchini tanlash; 
    sug‘urtalovchidan litsenziyaning mavjudligi, ustav fondining miqdorlari, 
    sug‘urta zaxiralari va qabul qilingan majburiyatlar to‘g‘risida, shuningdek 
    sug‘urtalovchining to‘lovga qobiliyatliligi va moliyaviy barqarorligiga doir boshqa 
    ko‘rsatkichlar haqida ma’lumotlar olish; 
    ekspert va maslahat xizmatlari ko‘rsatish. 
    Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari qonun hujjatlariga hamda o‘zlari 
    tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 
    Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari: 
    sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; 
    sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini tuzish va ijro etish bo‘yicha 
    to‘liq, ishonchli hamda xolisona axborotni mijozlarning so‘rovlariga ko‘ra taqdim 
    etishi; 
    mijozning tijorat sirini va boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarni 
    oshkor qilmasligi. 
    qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining 
    talabiga ko‘ra taqdim etishi
    firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) joylashgan yeri o‘zgargan 
    taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli davlat organini va sug‘urtalovchilarni 
    xabardor qilishi; 
    qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, 
    moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart; 
    Sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlarining zimmasida qonun hujjatlariga 
    hamda o‘zlari tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi 
    mumkin. 

    Download 2,42 Mb.
    1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   132




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish