O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

9
2
-modda. Adjaster 
Adjaster sug‘urtalovchining (sug‘urta qildiruvchining) va boshqa 
buyurtmachining topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi, o‘z 
shtatida tegishli mutaxassislarga ega bo‘lgan yuridik shaxs yoki professional bilim 
va malakaga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir: 
sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urta ob’ektini ko‘zdan kechirish 
va tekshirish
sug‘urta hodisasi faktlarini va tavakkalchilik holatlarini tahlil qilish; 
sug‘urta ob’ektining shikastlanish sabablarini va sug‘urta hodisasi 
mavjudligini aniqlash; 
sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda — sug‘urta hodisasi oqibatida 
vujudga kelgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini belgilash
to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlash; 
sug‘urta hodisasi bo‘yicha xulosa tuzish. 


166 
Adjaster o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urta qildiruvchi) va boshqa 
buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi. 
Adjaster: 
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari 
o‘tkazishga; 
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirishga; 
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas. 
Adjaster xizmati ko‘rsatish natijalari hisobot tarzida rasmiylashtirilib, undan 
sug‘urtalovchi zararlarning o‘rnini qoplash va nizolarni hal qilish chog‘ida 
foydalanishi mumkin. 
Adjasterning hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi 
jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. 
9
3
-modda. Adjasterning huquq va majburiyatlari 
Adjaster quyidagi huquqlarga ega: 
adjaster xizmatlari ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini (sug‘urta qildiruvchini) 
va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash; 
sug‘urta voqeasini (sug‘urta hodisasini) o‘rganish uchun sug‘urtalovchidan 
(sug‘urta qildiruvchidan) va boshqa buyurtmachilardan zarur axborotni so‘rash va 
olish; 
sug‘urta hodisasi yuz berganidan so‘ng sug‘urta ob’ektini ko‘zdan kechirish 
va tekshirish; 
o‘zi sug‘urta ob’ektini sirtdan (zarur hollarda — texnika vositalarini 
qo‘llagan 
holda) 
ko‘zdan 
kechirganligi 
to‘g‘risidagi 
dalolatnomani 
rasmiylashtirish; 
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek 
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli 
axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot
seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa 
tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; 


167 
Adjaster qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Adjaster: 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; 
sug‘urta hujjatlarining saqlanishini ta’minlashi; 
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning 
maxfiyligini saqlashi; 
sug‘urta hodisasiga taalluqli ma’lumotlarni o‘z vaqtida tahlil qilish uchun 
chora-tadbirlar ko‘rishi. 
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining 
talabiga ko‘ra taqdim etishi shart. 
Adjaster zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Download 2,42 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish