168
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif
stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa
muddatli xususiyatini hisobga
olgan holda belgilash;
sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisob-kitoblardan
foydalangan holda baholash;
sug‘urtalovchining daromadlarini sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning)
har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish.
aktuar hisob-kitoblarini amalga oshirish bo‘yicha dasturiy mahsulotlarni
ishlab chiqish;
sug‘urta bilan bog‘liq boshqa aktuar xizmatlari ko‘rsatish.
Aktuar tashkilot shartnomaga muvofiq to‘lov
asosida faqat aktuar
xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin.
Aktuariy maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda
aktuariy malaka sertifikatini olgan va aktuar tashkilot shtatida turgan yoki aktuar
tashkilot bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan jismoniy shaxsdir.
Aktuariy sifatsiz aktuar xizmatlarini ko‘rsatganlik, tijorat sirini yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor qilganlik va
aktuar tashkilotning zarar
ko‘rishiga olib kelgan o‘zga xatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zarar uchun
aktuar tashkilot oldida javobgar bo‘ladi.
Aktuar tashkilot o‘z shtatida kamida bitta aktuariyga ega bo‘lishi kerak.
Aktuariy:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari
o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga
oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Aktuariy faoliyati natijalari hisobot tarzida rasmiylashtiriladi.
Aktuariy hisobotida ko‘rsatilgan xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi
jarayonida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.