O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

CONTENTS
 
Introduction 

1-. Subject, object, purpose and objectives of insurance theory 

1.1 Conditions of occurrence of insurance relations 

1.2. Formation of the first insurance societies 

1.3. Western scientists' views on the nature of insurance 
12 
1.4. The importance of insurance in the economy 
14 
2-. Development stages of insurance 
20 
2.1. Conditions of emergence of the first insurance societies and insurance 
20 
2.2.
The emergence of the first insurance companies in the world economy 
22 
3-. History and stages of development of insurance in Uzbekistan 
25 
3.1.
Changes in insurance since Uzbekistan gained independence 
25 
3.2. Insurance Reforms 
30 
4-. Terms and definitions used in insurance relations 
36 
4.1. Terms that describe the organizational aspects of insurance 
36 
4.2.
Terms related to insurance fund formation 
39 
4.3. Terms related to insurance costs 
43 
4.4. Foreign terminology used in practice
45 
5-. Existence of risks in insurance relations 
50 
5.1. Insurance as an economic category 
50 
5.2. Insurance is an important tool to reduce and eliminate the economic damage caused 
by risks 
52 
5.3. Types of risks and the role of insurance in managing them 
53 
5.4. Risk management and insurance 
59 
6-. Formation and formation of insurance funds 
66 
6.1 Sources of formation of insurance funds 
66 
6.2. Using funds in insurance funds 
70 
6.3. Types of insurance funds 
72 
7-. Classification of insurance 
77 
7.1. The concept of classification and its importance in the field of insurance 
77 
8- Organization of business processes in insurance organizations 
92 
8.1 The concept of insurance business and its essence 
92 
8.2. Organization of business processes in insurance organizations 
96 
8.3. Procedure for the organization and use of insurers' finances 
102 
8.4. Sources of formation of financial results of insurers 
106 
8.5. Income distribution and insurer's costs 
111 
8.6.
Investment opportunities of insurance companies 
112 
Problems and tasks for practical training 
128 
Assignments 
130 
Glossary 
132 
Applications 
156 
List of used literature 
224 



KIRISH 
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish hamda liberallashtirish 
jarayonlarida barcha moliyaviy muassasalar singari sug‘urta tashkilotlarining o‘rni 
va ahamiyati katta. Chunki, sug‘urta tashkilotlarida ko‘rsatilayotgan sifatli hamda 
innovatsion sug‘urta xizmatlari yuridik va jismoniy shaxslarning nafaqat mol-
mulklarini, balki jismoniy shaxslarning hayoti va salomatligini tasoddifiy xavf-
xatarlar, baxtsiz hodisalardan asrab qolish bilan birgalikda, daromadlarini turli 
moliyaviy xatarlardan asrab qolish, ularni ko‘paytirib berishda ham o‘zining 
munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ma’lumki, iqtisodiyot avvalo insoniyat hayotining barcha jabhalardagi 
rivojlanishi hamda jamiyat taraqqiyotini ifodalaydi. Bunda sug‘urta bozorini 
rivojlantirish hamda sug‘urta infratuzilmasini xalqaro talablar darajasida tashkil 
etish bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan iqtisodiyotdagi mavjud 
muammolarni hal qilishda alohida ahmiyat kasb etadi. Xususan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil uchun mo‘ljallangan eng 
muhim 
ustuvor 
vazifalar 
haqidagi 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida 
ta’kidlanganidek, iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida 
gapirganda, avvalo keng qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar 
mujassam ekanini qayd etish lozim
1

– ochiq iqtisodiyot, sog‘lom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini 
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish;
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish 
orqali yangi ish o‘rinlarini ko‘paytirish; 
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini 
oshirish orqali yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; 
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; 
– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar 
siyosatni amalga oshirish; 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. www.uza.uz 



– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni ro‘yobga chiqarishga qodir 
malakali kadrlarni tayyorlash. 
Ushbu maqsadlarga erishishda sug‘urta bozori va uning infratuzilmasini 
rivojlantirish uchun tizimda faoliyat ko‘rsata oladigan raqobatbardosh mutaxassis 
kadrlarni tayyorlash barcha muammolar yechimida o‘zining ijobiy samarasini 
ko‘rsatadi. Chunki, moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan sug‘urtaning 
milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni 
muhim ahamiyatga ega. Masalan, milliy iqtisodiyotimizda 2021 yildan tibbiyot 
sug‘urtasini joriy qilinishi, sohada ulkan istiqbolli rejalar borligini anglatadi. 
Bugungi kunda sug‘urta munosabatlarini rivojlantirish asosida sug‘urta bozorining 
ko‘lamini kengaytirish, uzoq qishloq joylarida sug‘urta tashkilotlari filial va 
bo‘linmalarining ochilishi, sug‘urta bozoriga yangi xizmatlar taklif etish, sug‘urta 
qonunchiligini takomillashtirish dolzarb masalalar bo‘lib qolmoqda. 
Sug‘urta tizimini rivojlantirish uchun sug‘urta sohasini yaxshi biluvchi 
malakali kadrlarni tayyorlash ham bugungi dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
Mavjud nazariy manbalar tahlilidan ko‘rinadiki
2
, aynan nomutaxasislik 
yo‘nalishidagi iqtisodiyot sohalarida o‘qitilayotgan “Sug‘urta nazariyasi va 
amaliyoti” fani bo‘yicha darslik va adabiyotlar mavjud emas. Mazkur o‘quv 
qo‘llanma aynan 5230600-“Moliya”, 5230900-“Buxgalteriya hisobi va audit” 
ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilishi rejalashtirilgan “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti” 
fan dasturi doirasida tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo‘llanma nomutaxassislik 
yo‘nalishlarida o‘qitilishi ko‘zda tutilgan “Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti” fanini 
adabiyot bilan ta’minlash imkonini berishi bilan birgalikda sug‘urta ishining 
nafaqat nazariy asoslari, balki amaliy jihatlarini o‘zlashtirish orqali amaliy 
ko‘nikmalarni ham shakllantirish imkonini beradi. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan 
barcha iqtisodiyot ta’lim sohasi talabalari, magistrantlar, ishlab chiqarish 
mutaxassislari hamda fan o‘qituvchilari keng foydalanishlari mumkin.
 
2
Shennayev X.M. va boshq. Sug‘urta ishi. O‘quv qo‘llanma. TMI. T.: “Iqtisod-moliya”, 2014. 248 b. 




Download 2,42 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish