|
Sug‘urtaning iqtisodiyotdagi ahamiyatiBog'liq Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)1.4. Sug‘urtaning iqtisodiyotdagi ahamiyati.
Bugungi kunda o‘zaro sug‘urta xalqaro darajaga ko‘tarildi. O‘zaro sug‘urta
barcha industrial rivojlangan mamlakatlarda muhim o‘ringa ega.
O‘zaro sug‘urta jamiyatlari tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlari
dunyoning yirik sug‘urta bozorlarida 42 foizdan 70 foizgachani tashkil etmoqda.
Hozirgi zamon chet el sug‘urta tizimlarida (Yevropa, Amerika, Yaponiyada) bir
qancha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro sug‘urta yetakchilik qilmoqda (ayniqsa hayot
sug‘urtasi va nafaqa sug‘urtasida). Dunyo sug‘urta bozorining 20,5 foizini tashkil
etuvchi Yaponiya sug‘urta bozorida hayot sug‘urtasining 90 foizi o‘zaro sug‘urta
jamiyatlari tomonidan amalga oshirilmoqda
13
.
Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir
tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy
majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish
negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga
oladi.
Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish,
ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini
qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday
anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari
yuzaga keldi.
Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i
nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash
lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik
iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart-
sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir.
O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz
berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon
bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga,
xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi.
13
Пинкин Ю.В. Справочник страховщика. Ростов на-Дону Феникс 2007 стр.101.
|
| |