• «Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea
  • Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/132
    Sana16.11.2023
    Hajmi2,42 Mb.
    #100112
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132
    Bog'liq
    Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

    Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga 
    mo‘ljallangan maqsadli sug‘urta fondlarini uning qatnashchilari o‘rtasida 
    badallar hisobidan shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qayta taqsimlash 
    munosabatlari yig‘indisi. 
    O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 
    3-moddasida sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: 
    «Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta 
    mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea 
    (sug‘urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga 
    muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning 
    manfaatlarini himoya qilish tushuniladi» 
    Sug‘urta faoliyati bozor munosabatlarining eng muhim unsuriga aylandi. 
    «Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining 
    sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi»
    14
    . «Shu narsa aniqki, 
    bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar... sug‘urta tizimisiz samarali ishlash, 
    investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanish, kredit olish imkoniyatiga ega emas». 
    Shu o‘rinda, ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish)da uzluksizlikni 
    ta’minlash imkoniyatini yaratish maqsadiga yo‘naltirilgan, mulkchilik shakllariga 
    ko‘ra, maxsus qayta taqsimlash munosabatlari tizimi mavjudligi iqtisodiyot 
    sub’ektlari ravnaqiga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda ularning mulkka egalik 
    qilish, undan foydalanish hamda daromad olishlari kabi manfaatlari yuzaga 
    chiqadi.
    Hozirgi kunda mamlakatimizda sug‘urta faoliyatida talab darajasidagi risk 
    transferi shakllanishi va rivojlanishi hamda uni ilmiy asosda o‘rganish muhim 
    ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiyot sub’ektlarining 
    erkinliklari kengayib borayotgan, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (ish 
    bajarish, xizmat ko‘rsatish)ning yangi turlari o‘zlashtirilishi sug‘urta faoliyatida 
    risk transferining ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish va takomillashtirishga 
    bo‘lgan ehtiyojni orttirmoqda.
    14
    O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 3-modda. 


    17 
    Sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini to‘liqroq ochib berish uchun 
    ilmiy adabiyotlarda bu masalaga bo‘lgan yondashuvlarni o‘rganish maqsadga 
    muvofiqdir. Ularda «sug‘urta-xizmat ko‘rsatish industriyasi» ekanligi qayd etilgan, 
    shunga asoslanib, keyingi yillarda xalqaro iqtisodiy atamashunoslikda «xizmatlar 
    iqtisodiyoti nazariyasi» qaror topayotganligini ta’kidlash mumkin.
    Sug‘urta faoliyatida o‘z mohiyati nuqtai nazaridan, aynan «xizmat» 
    tushunchasi fundamental hisoblanadi. Sug‘urtachi tomonidan taklif etilayotgan 
    «xizmat» o‘zida dastlab moddiylikni aks ettirmaydi, ya’ni u o‘z mijoziga faqat 
    «va’dani sotadi». Shu nuqtai nazardan xalqaro savdoda unga «ko‘rinmaydigan 
    faoliyat»
    1
    deb ham tasnif beriladi. Sug‘urtalanuvchiga shartnoma tuzilganligini 
    tasdiqlovchi dalil-hujjat sifatida «polis»
    2
    beriladi xolos. Sug‘urta shartnomasida 
    sug‘urtalanuvchiga sug‘urta voqeasiga ko‘ra, ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararining 
    ekvivalent qiymatidagi pul to‘lovi (ayrim hollarda mol-mulk ko‘rinishida) 
    ta’minlanishi nazarda tutiladi. Shartnomaning bajarilishi unda qayd etilgan ma’lum 
    davr oralig‘ida amalga oshiriladi. 
    Sug‘urtachining sa’y-harakati o‘z mijozlarini sug‘urta polisini sotib olishlari 
    orqali foydali kelishuvni amalga oshirganliklariga ishontirishga yo‘naltirilgan 
    bo‘lishi muhimdir. 
    Mamlakatimizda bosqichma - bosqich bozor munosabatlari shakllanishi va 
    rivojlanishi, iqtisodiyot sub’ektlarining yuksak darajadagi iqtisodiy mustaqilligi, 
    erkinligi darajasi ortib borayotgan jarayonda doimo risklar mavjud bo‘lishi 
    kuzatiladi. Ular manfaatlariga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan va doimiy 
    takrorlanib turadigan risklarni qayta taqsimlash, ya’ni o‘ziga xos bo‘lgan maxsus 
    xizmat bilan sug‘urta shug‘ullanadi. 
    «Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta 
    mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta 
    hodisasi) yuz berganda, ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta 
    1
    Qarang: Insurance: Principles and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insurance Institute, Great 
    Britain, 1993. p.1 b. 4. 
    2
    Qarang: Yefimov S.L. Ensiklopedicheskiy slovar. Ekonomika i straxovaniye. M.: Serix -PEL, 1996. I-X, s. 347. 
    3
    O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 3-modda.


    18 
    tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish 
    tushuniladi»
    3

    Ijtimoiy ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri – bu mulk egasi va 
    tovar ishlab chiqaruvchining moddiy farovonligi uchun havotirlanishining asosiy 
    sababchisidir. Shu asosda moddiy zararni manfaatdor mulk egalari o‘rtasida 
    birgalikda qoplash g‘oyasi yuzaga keldi. 
    Ko‘rilgan zararni qoplashning ancha oddiy shakli natural sug‘urta bo‘lgan. 
    Don, yem-xashak va boshqa bir turdagi oson taqsimlanadigan mahsulotlar 
    hisobidan alohida talofat ko‘rgan dehqon xo‘jaliklariga moddiy yordam 
    ko‘rsatilgan. Bunday sug‘urta, albatta, bir qancha chegaralangan bo‘lib, 
    keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan o‘z o‘rnini pul 
    shaklidagi sug‘urtaga berdi. 
    Rivojlangan jamiyat sharoitida sug‘urta mulkchilikning barcha shakllarini, 
    korxonalar, tashkilotlar, fuqarolar daromadlari va boshqa manfaatlari himoyasining 
    asosiy vositasiga aylandi. 
    Bozor 
    iqtisodiyoti 
    sharoitida 
    ishlab 
    chiqarishning 
    uzluksizligini 
    ta’minlashda va aholini ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilishda sug‘urtaning 
    o‘ziga xos muhim o‘rni bor. Sug‘urta ishlab chiqarishning zarur unsurlaridan biri 
    sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning muhim iqtisodiy dastaklaridan hisoblanadi. 
    Sug‘urta bozori mulkchilikning deyarli barcha shakllarini tabiiy ofatlardan 
    saqlashda, xilma-xil faloqatlar natijasida odamlarga yetkazilgan zararlarni 
    qoplashda moddiy jihatdan yordam beradi. 
    Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, 
    pul muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning 
    shakllanishiga sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik obektining tashkilotchisi o‘z 
    ixtiyoridagi mol-mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish 
    bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarning natijasida yetkazilishi 
    mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga 
    ham intilmoqda. Shuning natijasida bozor iqtisodiyoti sharoitida sug‘urtaga 
    bo‘lgan talab kuchaya boshladi. 


    19 
    Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari bilan bevosita 
    bog‘langan. Shunday ekan ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatgan tabiiy ofatlar bozor 
    iqtisodiyoti yo‘nalishlarini chetlab o‘ta olmaydi. Sug‘urta ko‘p tarmoqli 
    xo‘jaliklarnig mol-mulkini saqlashda va tiklashda alohida ahamiyat kasb etadi.
    Inson va tabiiy ofatlar o‘rtasidagi qarama-karshilik bilan asoslangan ijtimoiy 
    ishlab chiqarishning tavakkalchilik xarakteri, birinchi navbatda, tabiiy va bashka 
    ofatlarning salbiy oqibatlarini oldini olish, bartaraf qilish va lokalizatsiya qilish, 
    hamda yetkazilgan zararni suzsiz qoplash bo‘yicha insonlar o‘rtasidagi 
    munosabatlarni yuzaga keltiradi. Bu obektiv munosabatlar insonlarning erishgan 
    hayot darajasini saqlab kolishga bo‘lgan real va mavjud ehtiyojini aks ettiradi. 
    Mazkur munosabatlarni alohida xususiyatlar ajratib turadi va ularning yigindisi 
    ijtimoiy ishlab chiqarishni sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil 
    etadi.

    Download 2,42 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   132




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sug‘urta – bu ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga

    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish