24
umumiy kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib
olingan.
Keyinchalik gildiya sug’urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gildiyalariga
bo’lingan. Himoya qiluvchi gildiyalar o’z a’zolarining
mol-mulkini turli xavf-
xatarlardan himoya qilishgan.
Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi shaxslarga sexlarga birlashishgan.
Sexda baxtsiz hodisalar ro'y berganda, qarilik tufayli mehnat qobiliyatini
yo'qotganda va vafot etganda yordam ko'rsatgan. Sex halok bo’lgan a'zosining
oilasini boqish majburiyatini olgan.
Tijorat sug'urtasi paydo bo’lishining birinchi bosqichida sug’urta
xizmati
oldi-sotdi obyektiga aylandi; ikkinchidan, sug’urta faoliyati shakllanayotgan bozor
xo’jaligining muhim tarmog’iga aylandi; uchinchidan, sug’urta bitimlari shartnoma
asosida tuziladigan bo'ldi.