40
Sug‘urta tashkiloti sug‘urtalanuvchining roziligi bilan asosiy shartnomani
o‘zgartirmasdan turib sug‘urta shartnomalari asosida o‘zining javobgarligi,
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa sug‘urta tashkilotlariga topshirib, qayta
sug‘urta qildirishidir. Sug‘urta hodisasi yuz berganda qayta sug‘urtalagan
tashkilot shartnomaga ko‘ra o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar doirasida
javobgar bo‘ladi.
Birgalikda sug‘urta qilish-Birgalikda sug‘urta qilishda ikki yoki undan
ortiq sug‘urta tashkiloti ma’lum obektni sug‘urtalash yuzasidan bitta sug‘urta
shartnomasi tuzadi. Bunda shartnomada har bir sug‘urtalovchining huquq va
majburiyatlarini belgilovchi shartlar bo‘lishi kerak.
Sug‘urta vakillari-Sug‘urta vakillari sug‘urta xodimlari bo‘lib, o‘zlariga
berilgan vakolatlariga muvofiq sug‘urtalovchi nomidan va uning topshirig‘i
asosida ishlovchi jismoniy yoki yuridik shaxslardir.
Sug‘urta guvohnomasi (polisi)-Sug‘urta munosabatlari tashkil etilganligiga
guvohlik beruvchi hujjat. Ixtiyoriy sug‘urtada bunday hujjat birinchi badal
to‘langandan keyin beriladi. Sug‘urta guvohnomasi (polisi)da xo‘jaliklarning
nomlari, sug‘urtalangan shaxsning nomi, familiyasi, sug‘urta summasi yoki
qoplamasi, sug‘urta tarifi, sug‘urta badali va boshqa ma’lumotlar ko‘zda tutiladi.
Sug‘urta qoplamasini oluvchi-Sug‘urta qoidalari yoki shartnomalarda
ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisalari sodir bo‘lganda yoki boshqa sabablar tufayli
sug‘urta tashkilotlaridan ma’lum miqdorda qoplama (mablag‘) oluvchi yuridik
va jismoniy shaxslar. Yuridik shaxslar uchun bu mablag‘lar ularning hisoblariga
o‘tkaziladi.