|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyotiBog'liq Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)Sug‘urta summasi-bu sug‘urta obektlarining qancha miqdorda (summaga)
sug‘urta qilinganidir. Majburiy sug‘urtada sug‘urta summasi sug‘urta obektining
hajmi va sug‘urta tarifi asosida hisoblanadi. Yo‘lovchilar ixtiyoriy sug‘urtasida
bu summa sug‘urta tashkiloti tomonidan belgilanib, chipta bahosi tarkibiga
kiritiladi.
Mulk sug‘urtasida bu atama sug‘urta ta’minotining pullik ifodasi
hisoblanadi.
Sug‘urta tarifi-Sug‘urta summasi miqdoriga qarab hisoblanadigan
badalning stavkasidir. Tarif miqdori asosan foiz yoki summa miqdorida
belgilanadi. Maxsus adabiyotda bu stavka brutto tarif deb ataladi, u 2 qismga
bo‘linadi: 1.Netto tarif. 2. Yuklama. Netto tarifi asosida hisoblangan badal
summasi zararlarni qoplashga sarflanadi. Yuklama hisobidan sug‘urta bo‘yicha
boshqarish xarajatlariga mablag‘ ajratiladi. Sug‘urta tarifi asosida sug‘urta
to‘lovlari hisoblanadi, sug‘urta to‘lovlari bir yo‘la yoki bo‘lib to‘lanishi
mumkin.
Sug‘urta muddati-Sug‘urta obektlarining qancha vaqtga sug‘urta qilingani.
Ixtiyoriy mulkiy va shaxsiy sug‘urtada sug‘urta muddati - qancha vaqtga
sug‘urta qilingani shartnomada ko‘rsatiladi, shunga qarab sug‘urta to‘lovlari
hisoblanadi. Lekin sug‘urta muddatidan uning amal qila boshlash muddatining
boshlanishi tushunchalarini farq qilish kerak. Sug‘urta muddati sug‘urta
to‘lovining birinchi badali to‘langan davrdan boshlanadi.
Sug‘urta Yoshi-Sug‘urta yoshi deganda sug‘urtalanuvchi fuqarolar yoki
chorva mollarining yoshi (biologik kattaligi) ko‘zda tutiladi. Har bir shaxsiy
sug‘urta obekti bo‘yicha, masalan, fuqarolarning qaysi yoshidan boshlab qaysi
yoshgacha sug‘urta qilinishi, chorva mollarining qaysi yoshdan sug‘urtalash
boshlanishi ko‘zda tutiladi. Qo‘shimcha pensiya tayinlash bo‘yicha sug‘urta
badallari har bir yosh bo‘yicha ko‘rsatiladi. Maktab o‘quvchilarini
sug‘urtalashda ularni yoshlari emas, balki sug‘urtalangan yili ko‘zda tutiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
|