sug‘urtaviy himoyalash iqtisodiy kategoriyasini tashkil etadi.
Sug‘urta iqtisodiy kategoriya sifatida moliya kategoriyasining tarkibiy qismi
hisoblanadi. Ammo, moliya to‘laligicha daromadlarni taqsimlash bilan bog‘liq
bo‘lsa, sug‘urta esa faqatgina qayta taqsimlash munosabatlarinigina qamrab oladi.
Sug‘urtaning xususiyatlarini ochib beruvchi belgilarini quyidagicha
keltirishimiz mumkin:
1. Sug‘urtada to‘satdan, oldindan ko‘zda tutilmagan va yengib bo‘lmaydigan
holatlar, ya’ni sug‘urta holatlari ehtimoli mavjudligi bilan asoslanuvchi qayta
taqsimlash pul munosabatlari yuzaga keladi.
2. Sug‘urtada
ko‘rilgan
zararni
sug‘urta
ishtirokchilari,
ya’ni
sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida qoplash amalga oshiriladi. Zararni bunday qoplash
usuli zarar ko‘ruvchi xo‘jaliklar soni doimo sug‘urta ishtirokchilari sonidan kam
bo‘lish ehtimolligiga asoslanadi, ayniqsa ishtirokchilar soni yetarlicha katta
bo‘lganda.
Zararni bunday qoplashni tashkil qilish uchun maqsadga yo‘naltirilgan
sug‘urta fondi tashkil qilinadi. Bu fond sug‘urta ishtirokchilarining badallari
hisobidan shakllantiriladi. Sug‘urta fondining mablag‘lari faqatgina uni tashkil
qilganlar o‘rtasida ishlatiladi, sug‘urta badalining hajmi esa har bir qatnashchining
zararni qoplashdagi ulushini bildiradi. Shuning uchun, sug‘urta qatnashchilarining
doirasi qanchalik keng bo‘lsa, sug‘urta badalining hajmi shunchalik oz va sug‘urta
ham samarali bo‘ladi. Agarda sug‘urtada millionlab sug‘urtalanuvchilar ishtirok
etsa va yuz millionlab obektlar sug‘urtalansa, u holda minimal badallar hisobiga
maksimal zararlarni qoplash imkoni paydo bo‘ladi.
3. Sug‘urta zararlarni qoplashni hududiy birlik va ma’lum vaqt davomida
amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bunda yil davomida sug‘urtalanuvchi xo‘jaliklar
o‘rtasida sug‘urta fondini hududlar bo‘yicha samarali qayta taqsimlash uchun
yetarlicha katta hudud va anchagina sug‘urtalashga tegishli obektlar talab qilinadi.
Faqatgina mazkur shartga rioya qilish bilangina katta hududlarni qamrab oluvchi
tabiiy ofatlar yetkazgan zararlarni qoplash imkoni bo‘ladi.
53
Zararni sug‘urta yordamida qoplash ma’lum vaqt davomida amalga
oshiriladi, chunki ixtiyoriy sug‘urta doimo muddat bilan chegaralanadi.