37
4-BOB. SUG’URTA MUNOSABATLARIDA QO’LLANILADIGAN
IBORA VA TUSHUNCHALAR
O’quv maqsadi: Sug’urta munosabatlarida qo’llaniladigan ibora va
tushinchalarning nazariy, uslubiy asoslarini va amaliyotda ulardan foydalaning
amaliy jihatlarini o’rgatish.
Tayanch iboralar: shartnomasi, polis. sug‘urta ob’ekti, sug‘urta sub’ekti,
tarif, va sug‘urta mukofoti, sug‘urta zaxiralari, sug‘urta qoplamasi, sug‘urta
javobgarligi, tibbiy sug’urta, mulkiy sug’urta.
4.1. Sug‘urtaning tashkiliy qirralarini ifodalovchi atamalar
Sug‘urtani amalga oshirish jarayonida sug‘urta ishtirokchilarining turlicha
sug‘urtaviy manfaatlarini namoyon bo‘lishi, sug‘urtaga tegishli obektlarning
turlichaligi, sug‘urta hodisalarining keng ko‘lamliligi va boshqa omillar bilan
bog‘liq bo‘lgan murakkab spetsifik munosabatlar yig‘indisi yuzaga keladi. Shu
munosabat bilan u yoki bu konkret sug‘urta munosabatlarini maxsus terminologiya
yordamida aks ettirish zaruriyati tabiiydir.
Sug‘urta terminologiyasi yordamida sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar
o‘rtasida bir tilda suhbat olib borish, sug‘urta shartlarini tushunish, unda ishtirok
etayotgan tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash, sheriklar bilan amaliy
munosabatlarni olib borish, reklama va boshqa sug‘urta ishlarini amalga oshirish
mumkin bo‘ladi.
Sug‘urtaning tashkiliy atamalariga quyidagilar kiradi.
o