64
samaralari haqida axborot olishdan iborat. Olingan natijalar tahlili va ishlovi
muntazab o‘tkazilib turilishi lozim.
Riskni boshqarish ko‘plab rahbarlarda, avvalo, odatiy sug‘urtalash bilan
bog‘lanadi. Haqiqatdan ham,
sug‘urta azaldan riskka ta’sir etishning dunyoda
keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi va hozirgi kunda ham shundayligicha
qolmoqda. Bugungi kunda AQSh, Yaponiya, Germaniya kabi rivojlangan yirik
mamlakatlarda yillik sug‘urta mukofotlarining to‘lovlari yalpi ichki mahsulotining
7-9%ini tashkil qilmoqda. Horijda inson faoliyatining deyarli barcha sohalari
sug‘urta bilan qamrab olingan: tibbiy sug‘urta, hayot sug‘urtasi, mulkiy sug‘urta,
yuklarni sug‘urtalash, foyda sug‘urtasi, bankrotlik sug‘urtasi, fuqarolik
javobgarligining har xil turlari. Hech bo‘lmaganda sug‘urtaning bitta turi amal
qilmaydigan soha topilmaydi, undan tashqari sug‘urtaning ko‘plab turlari turli
mamlakatlarda majburiy hisoblanadi.
Biroq, bozor iqtisodiyotiga yangi o‘tgan mamlakatlarda, shu jumladan
O‘zbekistonda ham sug‘urta bo‘yicha holat quvonarli emas. Bu shu bilan
izohlanadiki, hali hanuz iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish orqali
noqulay holatlar ro‘y berganda korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va aholiga yordam
ko‘rsatish uchun sarflanishga mo‘ljallangan davlat rezervlarini shakllantirilishi
tushunchasining mavjudligidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat qo‘llab-quvvatlashlari hajmi ko‘m martaga
qisqaradi. Korxonalarning o‘zlari qiyinchilik holatlarida ko‘riladigan zararlarni
bartaraf etish mexanizmlarini yaratish “g‘amini yeyishlari” kerak. Bu yerda
sug‘urta eng qulay va bozor nuqtai nazaridan mukammal bo‘lgan mexanizmlardan
hisoblanadi.