Tayanch iboralar: sug’urta himoyasi, sug’urta manfatdorligi, sug’urta
javobgarligi, qayta sug’urta qilish, o’zaro sug’urta qilish, sug’urta vakillari,
sug’urta guvohnomasi, sug’urta qoplamasini oluvchi, sug’urtaviy baholash,
sug’urta ta'minoti, sug’urta summasi, sug’urta tarifi, sug’urta muddati, sug’urta
yoshi, sug’urta boqimandasi, sug’urta to’lovi, sug’urta xavf-xatari, sug’urta
hodisasi, sug’urta dalolatnomasi, sug’urta zarari, sug’urta rentasi, sug’urta
qoplamasi
6.1 Sug’urta fondlarini tashkil etish manbalari.
Sug’urta munosabatlarini o’rnatishda sugúrta fondlarini tashkil etish
birlamchi zaruriyat hisoblanadi. Chunki, sug’urtalovchining moliyasi sug’urta
himoyasi bo’yicha xizmat ko’rsatish faoliyatini ta'minlaydi. Shu sababli
sug’urtalovchi sug’urta fondi mablag’larini shakllantiradi va tashkil etilgan fond
mablag’larini sug’urtalanuvchilar zararlarini qoplash, sug’urta ishini tashkil
qilish bo’yicha xarajatlarini moliyalashtirishga sarflaydi. Bundan tashqari, bozor
sharoitida, sug’urtalovchi sug’urta fondining bir qismi va o’z mablag’lari
hisobidan investitsion faoliyat bilan ham shug’ullanadi. Bundan ko’rinib
68
turibdiki, sug’urta tashkilotining pul aylanishi xalq xo’jaligining boshqa sohalari
korxonalariga nisbatan ancha murakkabdir. Sug’urta tashkilotining pul
aylanmasi ikki mustaqil pul oqimini o’z ichiga oladi: sug’urta himoyasini
ta'minlovchi pul aylanmasi va sug’urta ishini tashkil qilish bilan bog’liq pul
aylanmasi. Bunda sug’urta himoyasini ta'minlovchi pul aylanmasi ikki bosqichni
bosib o’tadi: birinchi bosqichda sug’urta fondi shakllanadi va taqsimlanadi,
ikkinchi bosqichda sug’urta fondi mablag’lari foyda olish maqsadida investitsiya
qilinadi.
Sug’urta fondi sug’urta tarifi bo’yicha aniqlanadigan va manbasi
sug’urtalanuvchilar tomonidan to’lanadigan sug’urta badallari hisoblanadi.
Kutilayotgan va haqiqatdagi zarar o’rtasidagi bo’lishi mumkin bo’lgan
nomutanosiblik, avvalo, tarif tuzilishiga ma'lum talablarni qo’yadi: uning asosiy
qismi (netto-stavka)ga haqiqiy zararni kutilganidan bo’lishi mumkin bo’lgan
ehtimolli farqini aks ettiruvchi tavakkal ustamasi qo’shiladi.
Sug‘urtalovchi o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarib, olgan to‘lovlarini
tarifda ko‘zda tutilgan turli maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlaydilar.
Sug‘urtalovchi tomonidan tashkil qilingan sug‘urta fondi o‘zining
majburiyatlarini bajarishga yetarli bo‘lish ehtimoli qanchalik yuqori bo‘lsa,
sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Mablag‘lar aylanishining tavakkal xarakteridagi sharoitlarda sug‘urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga ehtiyoj zararni qoplashni
kengaytirishga asoslangan qayta sug‘urtalash usulini vujudga keltirdi.
Bozor sharoitida sug‘urta tashkilotlarining faoliyati o‘z xarajatlarini
qoplashnigina emas, balki foyda olishni ham ko‘zda tutadi. Sug‘urta tashkiloti
sug‘urta operatsiyalaridan katta foyda olishga intilmasligi lozim, aks holda bu
bilan sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning
ekvivalentlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Sug‘urta tashkilotlarida «foyda» iborasi
shartli qo‘llaniladi, sug‘urta tashkilotlari milliy daromad yaratmaydilar, balki
faqatgina uni qayta taqsimlashda ishtirok etadilar. Sug‘urta operatsiyalaridan
69
olingan foyda deganda shunday ijobiy moliyaviy natija tushuniladiki, unda
sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘ladi.
Sug‘urta tashkiloti uchun foyda olishning asosiy manbai bo‘lib investitsion
faoliyat hisoblanib, u sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismini tijorat
maqsadlarida foydalanish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta faoliyatining maqsadi
katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish, investitsion
faoliyatning maqsadi esa, foyda olish bo‘lishiga qaramasdan ular bir-biri bilan
uzviy bog‘liqdir.
Bir tomondan, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbai sug‘urta fondi
hisoblansa, ikkinchi tomondan, investitsiya faoliyatidan olingan foyda sug‘urta
operatsiyalarini, zarar bilan ishlovchi sug‘urta turlariga dotatsiyalar, kadrlar
tayyorlash,
yangi
sug‘urta turlarini ishlab chiqish va boshqalarni
moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari ham alohida xo‘jalik subektlari hisoblanar ekanlar, ular
ham o‘z xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan maxsus sug‘urta va boshqa
fondlarni shakllantiradilar, jumladan nizom va amortizatsiya fondlari.
Aksionerlik sug‘urta kompaniyalari nizom fondining egalari hisoblanadilar
(ta’sischilar tomonidan berilgan mulk, jumladan aksiyalarni sotishdan olingan
daromadlar). Mamlakatimizda qabul qilingan tartib bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari
nizom fondining 20 % idan kam bo‘lmagan rezerv fondini yillik sof foydaning 5
% idan kam bo‘lmagan miqdordagi ajratmalar qilish orqali shakllantirishlari lozim.
Sug‘urta tashkilotlari tizimi faoliyatida quyidagi fondlardan foydalaniladi:
nizom fondi;
amortizatsiya fondi;
joriy tushumlar fondi;
sug‘urta turlari bo‘yicha zahira fondlari tizimi;
sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha rezerv fondlari;
oldini olish tadbirlarini moliyalashtirish fondi;
mehnatga haq to‘lash fondi;
70
iqtisodiy rag‘batlantirish fondlari (sug‘urtani rivojlantirish fondi va
ijtimoiy-madaniy tadbirlar fondi).
|