Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta shartnomalarini tuzish maqsadida
amalga oshiriladi. Ularga akvizitsion komissiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va
boshqa xarajatlar kiradi. Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta turlari joriy qilinib
qo‘llanilayotganda tez o‘sib boradi.
Inkassa xarajatlari – bu sug‘urta tashkiloti xodimlarining sug‘urta to‘lovlari
yig‘ganlik va sug‘urtalanuvchilarga xizmat ko‘rsatganliklari uchun mehnatiga haq
to‘lash xarajatlari. Inkassa xarajatlari brutto-stavkadan komission tamoyillarda
foizlar bo‘yicha hisoblanadi.
Bartaraf (likvidatsiya) qilish xarajatlari odatda bevosita xarajat hisoblanadi
va sug‘urta hodisasi ro‘y bergandan so‘ng amalga oshiriladi. Boshqa bevosita
xarajatlar singari ular konkret sug‘urta turiga tegishli bo‘ladi. Bunday xarajatlar
tarkibiga mazkur holat bilan bog‘liq bartaraf qiluvchi va ekspertni sug‘urta
hodisasi ro‘y bergan joyga borish-kelish yo‘l xarajatlari, ekspertlarni
rag‘batlantirish xarajatlari, sud xarajatlari va boshqalar kiradi.
Boshqaruv xarajatlari o‘z tarkibiga sug‘urta tashkilotining ma’muriy-
boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-xo‘jalik
xarajatlari va sug‘urtani rivojlantirish xarajatlarini oladi.
73
6.3. Sug’urta fondlarining turlari.
Sug’urta fondlarining turlarini tavsiflashda sug‘urta munosabatlarining
o‘ziga xos zususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Chunki, sug‘urta fondlari sug‘urta zahiralari asosida shakllanadi. Shu sababli
sug‘urta fondlari turlarini sug‘urta zahiralari turlari bo‘yicha tasniflash mumkin:
- o‘z belgilangan muddatiga ko‘ra, sug‘urta xizmatini ko‘rsatish uchun
olingan sug‘urta mukofotlari - zaxira sifatida. Shartnoma shartlari bo‘yicha u
sug‘urtachi hisobiga o‘tkazilgan bo‘lsada, unga muvofiq ravishdagi xizmat hali
ko‘rsatilmagan bo‘lib, bu summaning bir qismi «hali ishlab topilmagan»
hisoblanadi. Sug‘urta mukofoti «ishlab topilgani»dan so‘ng, uning bir qismi ogoh
etish zaxirasiga o‘tkaziladi, ular belgilangan tartibda daromad(foyda) solig‘iga
tortiladi.
- zararlarni qoplash zaxiralari. Uning hajmi potensial to‘lovlar hamda 3 foiz
atrofidagi tadbirlarni olib borish uchun ajratilgan xarajatlar summasidan iborat
bo‘ladi. Sug‘urta holatiga ko‘ra, sug‘urtalanuvchining arizasiga binoan, sug‘urtachi
zaxiradan qoplama summasini to‘lash uchun tayyorlaydi, ammo ko‘rilgan zarar
sabablarini aniqlashtirish natijasida sug‘urtalanuvchining aybi bilan sug‘urta
hodisasi yuz bergan bo‘lsa, qoplama to‘lanmasligi ham mumkin.
- ogoh etuvchi tadbirlar uchun zaxira. Bu zaxira maqsadli bo‘lib, uni xarajat
qilish maxsus vakolatli Davlat organi tomonidan ishlab chiqilgan nizomga ko‘ra
amalga oshiriladi. Mazkur tadbirlar sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda olib
boriladi. Bu tadbir sug‘urtalanuvchi tomonidan bajariladi, sug‘urtachi esa uni
moliyalashtiradi xolos.
Zaxiralarning yana boshqa turlari ham mavjuddir.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urtalash,
o‘zaro sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash operatsiyalarini amalga oshirishda,
boshqa iqtisodiy faoliyatdan farqli ravishda, sug‘urta xizmati o‘ziga xoslikka
egadir
1
.
1
Qarang:O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 914, 929, 930, 939, 941, 959, 960-moddalar. Т.: Adolat,
1996 y. 408-433 betlar.
74
Har bir shartnoma bo‘yicha sug‘urta xizmati tannarxini aniqlash imkoniyati
cheklangan. Negaki, sug‘urta tashkiloti o‘z faoliyatining moliyaviy natijalarini har
bir shartnomaga ko‘ra emas, balki jami sug‘urta turlari bo‘yicha amalda bo‘lgan
barcha shartnomalarning umumiy summasiga asoslanib aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilikka binoan, sug‘urta
tashkilotlari tomonidan bir vaqtning o‘zida hayot sug‘urtasi va umumiy sug‘urtani
amalga oshirishlari, xuddi xalqaro amaliyotda bo‘lgani kabi, man etilgan
1
. Sug‘urta
shartnomasi shartlarida qayd etilgan sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida
ko‘rilgan zarar qoplanishi shart. Buning uchun sug‘urta tashkiloti maqsadli zaxira
mablag‘laridan foydalanadi.
Yuqorida bayon etilgan sug‘urtaning nazariy-uslubiy asoslaridan kelib
chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, sug‘urtachining asosiy maqsadi aynan zaxira
mablag‘laridan samarali foydalanishi orqali daromad olishga qaratilgandir.
Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda sug‘urtaning tub ma’noda
tadbirkorlik faoliyatiga aylanishi uchun quyidagi ma’lum shartlar bajarilishi talab
etiladi:
- birinchidan, sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan
tashkilot sug‘urta xizmatini ko‘rsatishi hamda raqobatli muhitda muvaffaqiyatli
ishlashi uchun o‘z moliyaviy barqarorligini mustahkamlashi, filiallar tarmog‘ini
kengaytirishi;
- ikkinchidan, yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urta zaxirasini
shakllantirish jarayonida bevosita ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishi, ayni
vaqtda ular tomonidan sug‘urta xizmatiga talabning ham yuqori bo‘lishiga
erishishi;
- uchinchidan, turli mulkchilik shaklidagi iqtisodiyot sub’ektlar, xususan,
davlat (budjet mablag‘larini jalb etmagan holda) ishlab chiqarish (ish bajarish,
xizmat ko‘rsatish) jarayonida yuz berishi ehtimol bo‘lgan risklar bo‘yicha,
kutilmagan zarar va yo‘qotishlarni qoplash mexanizmi sifatida sug‘urta faoliyati
rivojlanishidan manfaatdor bo‘lishi kabilar.
1
Qarang:O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati»gi Qonuni, 15-modda.
75
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sug‘urtaga bo‘lgan talabga xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar va aholining tabiiy ehtiyojlari sifatida qaramaslik lozim.
Bizga ma’lumki, tabiiy ehtiyojlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri anglaniladi hamda har bir
sub’ekt ularni o‘zi uchun namoyon etib, bunday ehtiyojlarini qoniqtirishga harakat
qiladi.
Sug‘urta va uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini tadqiq etish shuni
ko‘rsatmoqdaki, boshqa sub’ektlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda,
ularning ishtirokchilari ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ishlarni bajarish)
jarayonidagi iqtisodiy-huquqiy va boshqa qator majburiyatlarni o‘z zimmalariga
oladi. Bu mas’uliyat esa, sub’ektning o‘z mulki yoki mulkchilikdagi hissasi
bo‘yicha ko‘rishi ehtimol bo‘lgan risk mavjudligidan kelib chiqib, ularning
sug‘urta faoliyatiga bo‘lgan talabini yuzaga keltiradi. Shuningdek, iqtisodiy,
texnologik, ekologik va boshqa shart-sharoitlarning murakkablashuvi zamirida
qo‘shimcha risklar ham namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta risklarining hududlarga ko‘ra, kengligi, davriyligi va xilma-xilligi,
shuningdek, ularni oldini olish hamda qoplash sarf-xarajatlarining o‘sib
borayotganligi ham sug‘urtaning ahamiyatini yanada oshirib, unga bo‘lgan talabni
orttiradi. Aynan shunday talabning mavjudligi sug‘urta faoliyati natijasi foydali
bo‘lishi va uning istiqboldagi rivoji uchun zaruriy shart-sharoitni yuzaga keltiradi.
|