71
manbalari netto-stavkaning jamg‘arma elementi hamda
investitsiya faoliyatidan
olingan foyda hisoblanadi.
Uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha badallar rezervi sug‘urtalovchining
investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Bu ularni uzoq
muddat va katta hajmda saqlanishi bilan asoslanadi. Badallar rezervi
mablag‘laridan tijorat maqsadlarida keng foydalanish sug‘urtalovchiga kelasi davr
daromadlarini, tarif stavkasini kalkulyatsiya qilishda hisobga olish yo‘li
bilan
sug‘urta badallarini pasaytirish imkonini beradi.