72
Sug‘urtalanuvchi xarajatlarining boshqa elementlari singari
oldini olish
tadbirlariga ajratmalar ham tarif stakasi tuzilishida me’yorlashtirilgan.
Davlat
sug‘urta boshqarmasi amal qilgan davrlarda oldini olish tadbirlarini
moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar budjetga yo‘naltirilgan.
Endi bu
mablag‘lar sug‘urta tashkilotlarining o‘zlarida bo‘lmokda.
Sug‘urta ishida
ish yuritish xarajatlari muhim rol o‘ynaydi. Ular
sug‘urtalovchilar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib,
brutto-
stavkaning yuklamasiga kiritiladi va sug‘urta operatsiyalari tannarxining muhim
elementi hisoblanadi. O‘z tarkibiga mehnatga haq to‘lash
xarajatlari, xo‘jalik va
idora xarajatlari, xizmat safarlari va ba’zi boshqa xarajatlarni oladi.
Jahon amaliyotida ish yuritish xarajatlari
akvizitsion, inkassa, bartaraf
(likvidatsiya) qilish va boshqaruv xarajatlariga bo‘linadi.