78
7-BOB. SUG‘URTANI KLASSIFIKATSIYALASH
O’quv maqsadi: Sug‘urta munosabatlarida klassifikatsiya tushunchasi va
uning sug‘urta sohasidagi ahamiyati, sug’urta munosabatlarini tarmoqlar va
notarmoq bo‘yicha
klassifikatsiyalash, sug‘urta klassifikatsiyasi, Evropa
Ittifoqida sug‘urta klassifikatsiyasi haqida nazariy
bilimlar berish va amaliy
ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Tayanch iboralar: shaxsiy sug‘urta; mulkiy sug‘urta; javobgarlik
sug‘urtasi, ttavakkalchilik sug’urtasi, ixtiyoriy sug‘urta; majburiy sug‘urta;
sug‘urta klassifikatsiyasi.
7.1 Klassifikatsiya tushunchasi va uning sug‘urta sohasidagi
ahamiyati.
Sug‘urta ixtisoslashtirilgan sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ular davlat va nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar bo‘lishi mumkin. Ularning
faoliyat
doirasi ichki, tashqi yoki aralash sug‘urta bozorlarini qamrab olgan
bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga rivojlangan sug‘urta bozori sharoitida ham davlat
ichkarisida, ham chetda amalga oshirilishi mumkin. Bu sug‘urtaning tashkiliy
turkumlanishidir. Ammo, sug‘urta munosabatlarining mazmuni sug‘urta ob’ekti va
xavf-xatar turlari bo‘yicha turkumlanishi yordamida namoyon bo‘ladi.
Sug‘urta sug‘urtalanuvchilarning turli toifalarini qamrab oladi. Uning shartlari
sug‘urta mas’uliyatining hajmlari bo‘yicha
farq qiladi; u qonun kuchida va
ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Sug‘urta munosabatlarining
turlichaligini tartibga solish va o‘zaro bog‘liq yagona tizimni shakllantirish uchun
sug‘urtani turkumlash ya’ni klassifikatsiyalash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Aynan sug‘urtani klassifikatsiyalash sug‘urtaning mohiyatini to‘laqonli
namoyon qilish, u bo‘yicha maqsad va manfaatlarni
yetarlicha aks ettirish
imkonini beradi.
Sug‘urta klassifikatsiyasi sug‘urtani ob’ektlari bo‘yicha turkumlashga xizmat
qiladi. Sug‘urtani ob’ektlari bo‘yicha turkumlanishi natijasida bo‘g‘inlar hosil
79
bo‘ladi. Barcha bo‘g‘inlar shunday joylashganki, har bir navbatdagi bo‘g‘in
avvalgisining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yuqori bo‘g‘in sifatida –
soha, o‘rta
bo‘g‘in –
tarmoq, quyi bo‘g‘in –
sug‘urta turlari hisoblanadi.
Sug‘urtani tarmoqlar bo‘yicha bo‘lish barcha sug‘urta
munosabatlari
yig‘indisini to‘rtta sohaga ajratib o‘oganish imkonini beradi: