89
o
sug‘urta ta’minoti darajasi va me’yorlarini;
o tarif stavkalari miqdorlari va ularni o‘rnatish tartibini;
o
sug‘urtalovchi
va
sug‘urtalanuvchilarning
asosiy
huquq
va
majburiyatlarini.
Qonunda ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta ob’ektlarini yoppasiga
sug‘urtaga qamrab olish. Buning uchun sug‘urta organlari
mamlakatda har yili
sug‘urtalangan ob’ektlarni, hisoblangan sug‘urta badallarini va ularni o‘rnatilgan
muddatlarda undirilishini hisobga olib boradilar.
Qonunda ko‘rsatilgan ob’ektlarga majburiy sug‘urtaning avtomatik
ravishda qo‘llanilishi. Sug‘urtalanuvchi yangi ob’ekt paydo bo‘lganligi
haqida
sug‘urta organlariga xabar berishi shart emas. Bu ob’ekt sug‘urta sohasiga
avtomatik ravishda qo‘shiladi. Navbatdagi ro‘yxatga olish davrida hisobga olinadi
va sug‘urtalanuvchiga to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta badallari ko‘rsatiladi.
Majburiy sug‘urtani sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’iy nazar amal
qilishi. Agarda sug‘urta qildiruvchi tegishli sug‘urta badallarini to‘lamagan
hollarda, badallar sud orqali undirib olinishi mumkin. Sug‘urta badallari
to‘lanmagan ob’ektga nisbatan sug‘urta
javobgarligi amal qilaveradi, faqatgina
sug‘urta badallari bo‘yicha qarz va kechiktirilgan
kunlar uchun jarima summasi
ushlab qolinadi.
Majburiy sug‘urtaning muddatsizligi. Majburiy sug‘urta sug‘urtalangan
ob’ekt mavjud bo‘lgan davrning to‘la qismida amal qiladi.