• Huquqiy himoya qi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/132
    Sana16.11.2023
    Hajmi2,42 Mb.
    #100112
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
    Bog'liq
    Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

    Boshqa 
    moliyaviy 
    tavakkalchi
    -liklardan 
    sug‘urta 
    qilish 
    Quyidagi hollarda: 
    a) sug‘urta qildiruvchining biznesi (xo‘jalik faoliyati) 
    uzilib qolishi yoki sug‘urta qildiruvchi tomonidan 
    amalga oshirilayotgan biznes (xo‘jalik faoliyati) 
    ko‘lami kamayishi natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar 
    ko‘rganda; 
    b) oldindan nazarda tutilmagan xarajatlar natijasida 
    sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda (17-klassda 
    ko‘rsatilgandan tashqari); 
    v) shartnomalar tuzilishi va bajarilishi bilan bog‘liq 
    faoliyatni 
    amalga 
    oshirish 
    natijasida 
    mazkur 
    darajaning a) va b) bandlarida ko‘rsatilgandan boshqa 
    nobudgarchiliklarga uchraganda sug‘urta qoplamasi 
    to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta turlari jami 
    17-klass 
    Huquqiy 
    himoya qi-
    Sud muhokamasi bilan bog‘liq ko‘rilgan xarajatlar 
    natijasida sug‘urta qildiruvchi zarar ko‘rganda 


    87 
    lish 
    bilan 
    bog‘liq 
    xarajatlar-
    ni sug‘urta 
    qilish 
    sug‘urta qoplamasi to‘lanishini ta’minlovchi sug‘urta 
    turlari jami 
     
    Sug‘urta munosabatlarini notarmoq klassifikatsiyasi: ixtiyoriy 
    sug‘urta; majburiy sug‘urta; majburiy davlat sug‘urtasi.
    Turkumlanishning barcha bo‘g‘inlari sug‘urtani amalga oshirish shakllarini 
    qamrab oladi, ya’ni majburiy va ixtiyoriy. 
    Tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta ixtiyoriy 
    sug‘urta hisoblanadi. 
    Ixtiyoriy sug‘urtaning shartlari tomonlarning kelishuviga asosan belgilanadi. 
    Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchining huquqlari hamda burchlari, shuningdek, 
    har bir sug‘urta turining aniq shartlari tegishli sug‘urta shartnomalari bilan belgilab 
    quyiladi. 
    Ixtiyoriy sug‘urta turlarining umumiy shartlari va uni amalga oshirishning 
    tartiblari sug‘urta qoidalarida o‘z aksini topadi. Ixtiyoriy sug‘urta turlarining 
    qoidalari sug‘urtalovchilar tomonidan qonunchilik talablariga muvofiq tarzda 
    mustaqil ishlab chiqiladi hamda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini olish 
    uchun sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiluvchi organdan litsensiya 
    olish paytida kelishilinadi. 
    O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq majburiy sug‘urta amalga 
    oshiriladi. Majburiy sug‘urta turlari, shartlari va uni amalga oshirish tartibi 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
    Majburiy sug‘urtani amalga oshirish huquqiga davlat sug‘urta tashkilotlari 
    ega bo‘lib kelganlar, biroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    2002 yil 27 noyabrdagi 413-sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada 
    rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ustav kapitali 
    hajmini 500 ming AQSh dollariga teng miqdorga yetkazgan har qanday sug‘urta 


    88 
    kompaniyasi litsenziya asosida majburiy sug‘urta bilan shug‘ullanish imkoniyatiga 
    ega bo‘ldilar (2010 yil 1 yanvardan 1500 ming yevro ekvivalent summada). Shu 
    bilan birga sug‘urta tashkilotlari majburiy sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan 
    ob’ektlarning but saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatishga haqlidirlar. 
    Majburiy sug‘urta sug‘urta bo‘lgan ijtimoiy (umumdavlat) talabni aks ettiradi. 
    Davlat qonunchilik asosida ushbu maqsadlar uchun sug‘urtaning majburiyligini 
    o‘rnatadi. Buning natijasi o‘laroq, tegishli majburiy sug‘urta turi haqidagi qonun 
    qabul qilinadi. Shunday qilib, majburiy sug‘urta – qonun kuchidagi sug‘urtadir. 
    Majburiy sug‘urta, sug‘urtani tashkil etish shakli sifatida, umumiylik 
    sifatidagi muhim xususiyatga egadir. Majburiy sug‘urtaning ob’ekti hayot, sog‘lik, 
    mol-mulk, fuqarolik javobgarligi bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlar 
    hisoblanadi. 
    Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan majburiy sug‘urta 
    turlariga quyidagilar kiradi: yo‘lovchilarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; 
    parvozlarda qatnashuvchilarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; harbiylarning 
    davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; ko‘mir, neft, gaz konlarida ishlovchilarning 
    davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; soliq organlari xodimlarining davlat majburiy 
    shaxsiy sug‘urtasi; temir yul texnika xizmat ko‘rsatuvchi va xizmat ko‘rsatuvchi 
    xodimlarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; transport vositalari egalarining 
    fuqarolik 
    javobgarligini 
    majburiy 
    sug‘urtasi; 
    auditorlarning 
    fuqarolik 
    javobgarligini majburiy sug‘urtasi; notariuslarning fuqarolik javobgarligini 
    majburiy sug‘urtasi va boshqalar. 
    Majburiy sug‘urtani ajratib turuvchi tamoyillar quyidagilar. 

    Download 2,42 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti

    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish