90
Sug‘urtada ixtiyoriy qatnashish to‘la holda faqat sug‘urtalanuvchilar
uchun xarakterlidir. Agar sug‘urtalanuvchining xohishi sug‘urta qoidalariga zid
kelmasa, sug‘urtalovchi ob’ektni sug‘urta qilishdan bosh tortish huquqiga ega
emas. Bu tamoyil sug‘urtalanuvchining birinchi talabi bo‘yicha sug‘urta
shartnomasi tuzilishini kafolatlaydi.
Ixtiyoriy sug‘urtani tanlab qamrab olishi. Barcha shaxslar ham unda
ishtirok etish istagini bildiravermaydilar. Bundan tashqari, shartnomalar tuzishda
sug‘urta shartlari bo‘yicha chegaralashlar ham amal qiladi.
Ixtiyoriy sug‘urta doimo sug‘urta muddati bilan chegaralanadi. Bunda
muddatning boshlanishi va tugashi shartnomada qat’iy kelishib olinadi. Shundan
kelib chiqib, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi sug‘urta holati faqatgina
sug‘urta davrida sodir bo‘lgandagina to‘lanadi. Ixtiyoriy sug‘urtaning
uzluksizligini faqatgina yangi muddatga qayta shartnoma tuzish yo‘li bilangina
ta’minlash mumkin.
Ixtiyoriy sug‘urta faqatgina bir martalik yoki davriy sug‘urta badallari
to‘langandagina amal qiladi. Ixtiyoriy sug‘urta shartnomasining kuchga kirishi
bir martalik yoki birinchi sug‘urta badalini to‘lanishi bilan asoslanadi. Uzoq
muddatli sug‘urta bo‘yicha navbatdagi badalning to‘lanmasligi natijasida
shartnomaning amal qilishi to‘xtaydi.