114
Demak, sug‘urta kompaniyalarida moliya resurslarining
harakati xususiyatlari
shunga olib boradiki, sug‘urta kompaniyalari ixtiyorida shartnomani amal qilish
mobaynida qo‘shimcha daromad olish maqsadida investitsiyalash mumkin bo‘lgan
vaqtinchalik majburiyatdan holi bo‘lgan katta miqdorda vaqtincha bo‘sh
mablag‘lar to‘planadi. Sug‘urtalovchilar bu mablag‘larni ko‘shimcha
daromad
olish maqsadida turli obyektlarga investitsiya qilishlari mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari tasarufida katta miqdordagi moliyaviy resurslarni
to‘planishi, ularni iqtisodiyotni rivojlanishida muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi.
Sug‘urta qiluvchilar tomonidan moliya resurslarining to‘planishi sug‘urtani faol
investitsion siyosat yo‘li bilan iqtisodiyotning asosiy omiliga aylantiradi.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, sug‘urtalovchilar turli
polis egalaridan olingan
passiv pul mablag‘larni moliya bozorida harakat qiluvchi aktiv kapitalga
aylantirishadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan so‘ng, sug‘urta
kompaniyalar bo‘sh mablag‘larini turli obyektlarga investitsiya qilish imkoniyati
tug‘ildi. 1993-yilning 6 mayida qabul qilingan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonunning
25-moddasida «Sug‘urta tashkilotlari o‘z moliyaviy
manbalarini barqaror saqlab
turish maqsadida investitsiya berishga yoki sug‘urta zaxiralari va o‘zga
mablag‘lardan boshqa yo‘l bilan foydalanishga haklidir», deb ko‘rsatilgan edi.
Ammo 2002-yilning 5 aprelida qabul qilingan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunning 6-moddasiga muvofiq “Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish
bilan bevosita bog‘lik bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari
mumkin emas” deb belgilangan. Demak, sug‘urtalovchilarning investitsiya
faoliyati qat’iy cheklanadi.
Shuningdek, ushbu qonunning yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan moddasida sug‘urtalovchilar maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan
tartib va shartlardagi investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishlariga ruxsat berilgan.
Sug‘urta kompaniyasining investitsion jarayonlarda ishtirok etishligini uni
investitsion imkoniyatlari belgilaydi.
Sug‘urta kompaniyasining investitsion imkoniyatlarini quyidagi omillar
belgilaydi:
115
1. Mijozlar soni va sug‘urta mukofoti hajmiga bog‘liq bo‘lgan
vaqtinchalik
bo‘sh mablag‘lar xajmi;
2. Muddatlar, ya’ni bu vaqt davomida ushbu mablag‘lardan foydalanish
mumkin bo‘ladi.
Sug‘urta kompaniyasi
investitsion portfeli tizimi, uning moliyaviy
barqarorligini ta’minlashi lozim va u odatda sug‘urta nazorati me’yorlari bilan
belgilanadi. Unda sug‘urta zaxiralarining vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘larini
joylashtirish
tartibi belgilangan, davlat tomonidan sug‘urta investitsiyalarining
ma’lum bir himoyasi ta’minlangan va sug‘urta investitsiyasining aniqlangan
ustuvorligi belgilangan.