Sug‘urtalovchilar moliyasini tashkil qilish va undan foydalanish




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

 
8.3. Sug‘urtalovchilar moliyasini tashkil qilish va undan foydalanish 
tartibi. 
Sug‘urtalovchining moliyasi sug‘urta himoyasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 
faoliyatini ta’minlaydi. Sug‘urtalovchi sug‘urta fondi mablag‘larini shakllantiradi 
va sug‘urtalanuvchilar zararlarini qoplash va sug‘urta ishini tashkil qilish bo‘yicha 
xarajatlarini moliyalashtirishga sarflaydi. Bundan tashqari, bozor sharoitida, 
sug‘urtalovchi sug‘urta fondining bir qismi va o‘z mablag‘lari hisobidan 
investitsion faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, sug‘urta 
tashkilotining pul aylanishi xalq xo‘jaligining boshqa sohalari korxonalariga 
nisbatan ancha murakkabdir. 


104 
Sug‘urta tashkilotining pul aylanmasi ikki mustaqil pul oqimini o‘z ichiga 
oladi: sug‘urta himoyasini ta’minlovchi pul aylanmasi va sug‘urta ishini tashkil 
qilish bilan bog‘liq pul aylanmasi. Bunda sug‘urta himoyasini ta’minlovchi pul 
aylanmasi ikki bosqichni bosib o‘tadi: birinchi bosqichda sug‘urta fondi 
shakllanadi va taqsimlanadi, ikkinchi bosqichda sug‘urta fondi mablag‘lari foyda 
olish maqsadida investitsiya qilinadi.
Sug‘urta fondi sug‘urta tarifi bo‘yicha aniqlanadigan va sug‘urtalanuvchilar 
tomonidan to‘lanadigan sug‘urta badallari hisobidan shakllanadi. 
Kutilayotgan va haqiqatdagi zarar o‘rtasidagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
nomutanosiblik, avvalo, tarif tuzilishiga ma’lum talablarni qo‘yadi: uning asosiy 
qismi (netto-stavka)ga haqiqiy zararni kutilganidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
ehtimolli farqini aks ettiruvchi tavakkal ustamasi qo‘shiladi. 
Sug‘urtalovchi o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bajarib, olgan to‘lovlarini 
tarifda ko‘zda tutilgan turli maqsadli yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimlaydilar.
Sug‘urtalovchi tomonidan tashkil qilingan sug‘urta fondi o‘zining 
majburiyatlarini bajarishga yetarli bo‘lish ehtimoli qanchalik yuqori bo‘lsa, 
sug‘urtalovchining moliyaviy barqarorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. 
Mablag‘lar aylanishining tavakkal xarakteridagi sharoitlarda sug‘urta 
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini oshirishga ehtiyoj zararni qoplashni 
kengaytirishga asoslangan qayta sug‘urtalash usulini vujudga keltirdi. 
Bozor sharoitida sug‘urta tashkilotlarining faoliyati o‘z xarajatlarini 
qoplashnigina emas, balki foyda olishni ham ko‘zda tutadi. Sug‘urta tashkiloti 
sug‘urta operatsiyalaridan katta foyda olishga intilmasligi lozim, aks holda bu 
bilan sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
ekvivalentlik prinsipi buzilgan bo‘ladi. Sug‘urta tashkilotlarida «foyda» iborasi 
shartli qo‘llaniladi, sug‘urta tashkilotlari milliy daromad yaratmaydilar, balki 
faqatgina uni qayta taqsimlashda ishtirok etadilar. Sug‘urta operatsiyalaridan 
olingan foyda deganda shunday ijobiy moliyaviy natija tushuniladiki, unda 
sug‘urta himoyasini ta’minlash bo‘yicha daromadlar xarajatlardan ortiq bo‘ladi. 


105 
Sug‘urta tashkiloti uchun foyda olishning asosiy manbai bo‘lib investitsion 
faoliyat hisoblanib, u sug‘urta fondi mablag‘larining bir qismini tijorat 
maqsadlarida foydalanish orqali amalga oshiriladi. Sug‘urta faoliyatining maqsadi 
katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatish, investitsion 
faoliyatning maqsadi esa, foyda olish bo‘lishiga qaramasdan ular bir-biri bilan 
uzviy bog‘liqdir.
Bir tomondan, investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbai sug‘urta fondi 
hisoblansa, ikkinchi tomondan, investitsiya faoliyatidan olingan foyda sug‘urta 
operatsiyalarini, zarar bilan ishlovchi sug‘urta turlariga dotatsiyalar, kadrlar 
tayyorlash, yangi sug‘urta turlarini ishlab chiqish va boshqalarni 
moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. 
Sug‘urta tashkilotlari ham alohida xo‘jalik subyektlari hisoblanar ekanlar, ular 
ham o‘z xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan maxsus sug‘urta va boshqa 
fondlarni shakllantiradilar, jumladan nizom va amortizatsiya fondlari. Aksionerlik 
sug‘urta kompaniyalari nizom fondining egalari hisoblanadilar (ta’sischilar 
tomonidan berilgan mulk, jumladan aksiyalarni sotishdan olingan daromadlar). 
Mamlakatimizda qabul qilingan tartib bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari nizom 
fondining 20 % idan kam bo‘lmagan rezerv fondini yillik sof foydaning 5 % idan 
kam bo‘lmagan miqdordagi ajratmalar qilish orqali shakllantirishlari lozim. 
Davlat mulkchiligi ishtirokidagi sug‘urta tashkilotlari tizimi faoliyatida 
quyidagi fondlardan foydalaniladi: 
o nizom fondi; 
o amortizatsiya fondi; 
o joriy tushumlar fondi; 

sug‘urta turlari bo‘yicha zahira fondlari tizimi; 

sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha rezerv fondlari; 
o oldini olish tadbirlarini moliyalashtirish fondi; 

mehnatga haq to‘lash fondi; 

iqtisodiy rag‘batlantirish fondlari (sug‘urtani rivojlantirish fondi va 
ijtimoiy-madaniy tadbirlar fondi). 


106 
Zahira fondlarni shakllantirishga zarurat sug‘urtaning xususiyatli belgilaridan 
biri bo‘lgan zararni vaqtlar bo‘yicha qoplash bilan asoslanadi. Sug‘urta 
hodisalarining to‘satdan ro‘y berishi sug‘urtalovchining mablag‘larini noqulay 
davrlarda zarar ko‘rgan xo‘jaliklarga yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lish 
uchun qulay davrlarda jamg‘arishni talab etadi. 
Zahira fondlarini shakllantirishdan maqsad sug‘urta operatsiyalari moliyaviy 
barqarorligining ta’minoti hisoblanadi, shakllantirish manbai esa – barcha to‘lovlar 
tushumlar bo‘yicha netto-stavkaning ishlatilmagan qismi hisoblanadi, vaholanki 
sug‘urta qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lashga qoplamalar sug‘urta 
xizmatining bahosi – tarif - aynan netto-stavka mo‘ljallangan. Joriy qulay yilda 
bevosita maqsad yo‘nalishida sarflanmagan to‘lovlarning netto-stavka qoldiqlari 
yildan-yilga sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarini 
bajarishga joriy to‘lov tushumlari yetmaydigan noqulay yil kelguncha jamg‘arilib 
boradi. 
Zahira fondlarining zaruriy hajmi sug‘urta operatsiyalari moliyaviy 
barqarorligini ta’minlashning obyektiv talablari bilan asoslanadi. Bundan kelib 
chiqib, qayta sug‘urtalash sug‘urta portfelini moliyaviy barqarorligini oshirish va 
tavakkalchiliklarni tenglashtirish imkonini beradi, uni qo‘llash zahira fondlari 
hajmini sezilarli kamaytirish imkonini beradi. Qayta sug‘urtalash qanchalik kuchli 
rivojlangan bo‘lsa, sug‘urta operatsiyalari moliyaviy barqarorligini shunchalik kam 
zahira fondlari bilan ta’minlash mumkin. 
Sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha zahira fondlari muhim xarakter 
kasb etadi. Sug‘urtaning uzoq muddatli turlarida badallarning asosiy qismi sug‘urta 
shartnomasi muddati tugagandan so‘ng to‘lanish uchun uzoq davr davomida 
jamg‘arilib boradi. Shu sababli sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha zahira 
fondlarini badal (to‘lov) rezervlari deyiladi. Badal rezervlarining asosiy shakllanish 
manbalari netto-stavkaning jamg‘arma elementi hamda investitsiya faoliyatidan 
olingan foyda hisoblanadi.
Uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha badallar rezervi sug‘urtalovchining 
investitsion faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Bu ularni uzoq 


107 
muddat va katta hajmda saqlanishi bilan asoslanadi. Badallar rezervi 
mablag‘laridan tijorat maqsadlarida keng foydalanish sug‘urtalovchiga kelasi davr 
daromadlarini, tarif stavkasini kalkulyatsiya qilishda hisobga olish yo‘li bilan 
sug‘urta badallarini pasaytirish imkonini beradi.

Download 2,42 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘urtalovchilar moliyasini tashkil qilish va undan foydalanish

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish