Sug’urta tashkilotlarida biznes jarayonlarini tashkil etish




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

8.2. Sug’urta tashkilotlarida biznes jarayonlarini tashkil etish. 
Sug’urta bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining tarkibiy qismi va ishlab 
chiqarish munosabatlarining muhim tashkil etuvchi unsurlaridan biridir. Bozor 
iqtisodiyoti ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bilan bevosita bog’liq. Shunday 
ekan, ishlab chiqarishga ta‘sir qiladigan zararlar bozor iqtisodiyoti yo’nalishlarini 
chetlab o’tmaydi. Shu munosabat bilan sug’urta ko’p ukladli xo’jaliklarning har 
birini sug’urtalashda, ularning mol-mulklarini bud saqlashda alohida ahamiyatga 
ega bo’ladi. Shunday qilib bozor iqtisodiyotiga o’tish asosida:
Birinchidan, mustaqil sug’urta xizmatlar tizimi barpo qilindi. Faoliyat 
jihatidan respublika miqyosida mustaqil tashkilotga aylandi. U O’zbekiston Moliya 
vazirligi tarkibidan chiqib, davlat bosh iqtisodiy islohotchi bo’lgani holda davlat 
aksiyadorlik hamda boshqa mulk shaklidagi sug’urta tashkilotlari tashkil etildi.
Ikkinchidan, alohida sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun qabul qilindi, unda 
respublikamizning o’ziga xos xususiyatlari e‘tiborga olindi.
Uchinchidan, xorijiy mamlakatlardagi sug’urta tashkilotlari bilan hamkorlik 
kuchaydi, ular ishtirokida qo’shma sug’urta tashkilotlari tashkil qilindi. Milliy 
sug’urta tashkilotlari jahon sug’urta tashkilotlari qatoridan o’rin oldi.
To’rtinchidan, sug’urta mablag’laridan investitsiya maqsadlarida foydalanish 
asosida ularning moliyaviy ahvoli yaxshilandi, xorijiy mamlakatlar mablag’laridan 
investitsiya maqsadlari uchun foydalanishda sug’urta tashkilotlarining vositachilik 
roli vujudga keldi.
Beshinchidan, sug’urta tashkilotlari bilan kredit muassasalarining hamkorligi 
kuchaydi. Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bankdan olingan kreditlarni o’z 
vaqtida qaytarilishiga qaratilgan sug’urta faoliyati kengayib bordi, u qishloq 
xo’jaligi korxonalariga nisbatan ham joriy qilindi.
Oltinchidan, sug’urta xizmatlari bozorida ixtiyoriy sug’urta turlarining jadal 
rivojlanishi kuzatildi. Shuningdek, majburiy sug’urtalashning qonunchilik asoslari 
va ularning ustivor yo’nalishlari joriy etila boshlandi.
Ettinchidan, sug’urtaning xalq farovonligini yaxshilashdagi roliga alohida 
ahamiyat berila boshlandi. Shu munosabat bilan ixtiyoriy shaxsiy sug’urtaning 


98 
ko’pchilik qoidalari qaytadan ko’rib chiqildi, qo’shimcha pensiya va boshqa 
sug’urta turlari joriyqilindi.
Sakkizinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikning muhim 
ahamiyatiga alohida e‘tibor berilib, sug’urtaning yangi turlarini amalga oshirishga 
kirishildi.
To’qqizinchidan, sug’urta faoliyati bilan qimmatli qog’ozlar o’rtasida tegishli 
munosabat o’rnatildi. Sug’urta tashkilotlari o’zlarining qimmatli qog’ozlarini 
emissiya qilishlari va qimmatli qog’ozlar bozorida oldi sotdi ishlarini amalga 
oshirishlarining huquqiy asoslari shakllantirildi. Shuningdek, sug’urta 
tashkilotlarining qimmatli qog’ozlarga qilinadigan investitsiya faoliyati yo’lga 
quyildi va rag’batlantirildi.
Bundan tashqari, respublika sug’urta tashkilotlari xorijiy mamlakatlar 
tajribalarini o’rganishga ham alohida e‘tibor berdilar, ayrim xorijiy 
sug’urtatashkilotlari vakillari O’zbekiston sug’urta tashkilotlari xodimlari bilan 13 
amaliy seminarlar o’tkazib turdilar. Bu tadbirlar respublikamiz sug’urta xizmatlari 
bozorini tashkil qilishga zamin hozirladi va sug’urtalanuvchilar doirasini 
kengaytirishga jiddiy yordam bermoqda. Sug’urtaning iqtisodiy mohiyati unda 
qayta taqsimlash munosabatlarining mavjudligi, sug’urta riskning mavjudligi (uni 
aniqlash), sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchilardan sug’urta birlashmalarini tashkil 
etish, 
yakka 
va 
guruh 
sug’urta 
ehtiyojlarini 
birlashtirish, 
barcha 
sug’urtalanuvchilarning zarari bo’yicha birgalikdagi javobgarligi, zararning 
taqsimlanishi, zararni vaqt va joy bo’yicha qayta taqsimlash, sug’urta 
mukofotlarining qaytarilishi, sug’urta faoliyatining o’zo’zini qoplash xususiyati 
mavjudligi orqali belgilanadi. Tabiat va jamiyatning moddiy zarar keltiruvchi 
ko’zda tutilmagan harakatlari insonlar tomonidan birinchi navbatda tasodifan ro’y 
berdi deb qabul qilinadi, lekin ularning doimiy takrorlanib turishi oqibatida 
iqtisodiy aloqalar holati va texnogen muammolar bo’lishidan qa‘tiy nazar ro’y 
berishini isbotlab beradi. Bularning barchasi oxir oqibat ishlab chiqarish va boshqa 
faoliyat ko’rsatishda tasodifan ro’y berishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarni 
vujudga kelishiga ob‘ektiv shart-sharoitlar yaratib beradi. Tabiat va jamiyat 


99 
o’rtasidagi qarama- qarshiliklar natijasida yuzaga kelgan zararni qoplash, insonlar 
o’rtasida tabiiy ofatlardan ko’riladigan zararlar oqibatlarini qisqartirish, baratarf 
etish va ularni oldini olish zaruratini taqozo etadi.Tabiiy ofatlar, avariyalar, 
o’g’irlik va boshqa favqulotda ro’y beradigan hodisalar insonning ongidan 
tashqarida to’satdan yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy nuqtai-nazardan qaraganda har 
bir mulk egasi o’z mol-mulkini shu jumladan, ko’chmas mulkini qisman 
zararlanishi yoki butunlay yo’qotilishi oqibatida ko’riladigan zararlarni 
qoplanishidan manfaatdor ekanligini ko’rish mumkin. 
Sug'urta mahsuloti sotuvi - mijozlar ehtiyojini, ulaming iste'molchilik xatti -
harakatlarini aniqlash, sug'urta shartlarining mukofot va qo'shimcha xizmatlar 
miqdorining maqbulligi va jozibadorligini ta'minlash uchun ilgari o'tkazilgan 
marketing xatti-haralcatlarini yakunlovchi bosqichdir.
Sotuv jarayoni - sug'urta qiluvchi va sug'urtalanuvchi o'rasidagi o'ziga xos 
marketing ko'prigi hisoblanadi. Sug'urta qiluvchining agentlari mijozni u 
sug'urtalanishi lozim ekanligiga, mazlcur sug'urta mukofoti esa - sug'urta 
qoplamasi uchun unchalik qimmat bo'lmagan to'lov ekanligiga ishontirish uchun 
ancha kuch-g'ayrat sarflashlari darkor. Sug'urta mahsulotlari sotuvini tashkil etish 
bo'yicha bir necha umumiy talablar mavjud. Mijoz sug'urta qoplamasini qayerdan 
sotib olishi mumkinligini bilishi, savdo shahobchasiga kirish oson va erkin bo'lishi, 
mijozlarga diqqat-e'tibor va xushmuomalalik bilan xizmat ko'rsatilishi zarur. 
G'arbda iste'molchilar quyidagilardan sug'urta xizmatlarini sotib olishlari 
mumkin: 
o ixtisoslashgan sug'urta vositachilari - brokerlar orqali; 
o sug'urta mahsulotlarini sotish asosiy faoliyat turiga kirmaydigan 
vositachilar - banklar, supermarketlar, avtoustaxonalar va h.k.; 
o sug'urta qiluvchining bosh agentliklardagi xolis agentlari orqali; 
o sug'urta qiluvchining xodimlari (agentlari) hisoblanmish vakil lari orqali; 
o sug'urta qiluvchi bosh ofisining bo'linmalarida yoki uning telefon, pochta 
yoki kompyuter tarmog'i orqali bevosita sotish bilan shug'ullanuvchi sho'ba 
korxonalaridan. 


100 
Ularning hammasini bir nom ostida - sug'urta mahsulotini sotish (o'tkazish) 
tizimi nomi bilan birlashtirish mumlcin. Asosiy faoliyati bo'lmish sug'urta 
mahsulotini sotishdan tashqari, yuqorida sanab o'tilgan tizimlar bozor to'g'risidagi 
raqobatchi firmalar to'g'risidagi ma'lumotlami to'plash, bozor istiqbollarini tahlil 
qilish bilan ham shug'ullanadilar. 
Sug'urta mahsulotlari sotuvini tashkil etishda uning marketing ifodasi asosiy 
o'rin tutadi. Sotuvni yuksak darajada o'tkazilishini ta'minlash uchun, sug'urta 
mahsuloti iste'molchi uchun tushunarli bo'lgan va uning sotib olinishini oqlaydigan 
bir yoki bir necha g'oyaga ega bo'lishi, raqobatchilaming xuddi shu turdagi 
mahsulotlardan afzal bo'lishi, o'xshash turdagi mahsulotlar orasida narxning 
balandligi bilan ajralib turmasligi shart. Tajribaning ko'rsatishicha, sug'urta 
mahsulotlari sotilishining ancha ko'tarilishida mahsulot iqtisodiy mexanizmining, 
hamda mahsulot ta'min etib beradigan manfaatlarning mijoz tomonidan sodda qilib 
tushunilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Sug'urta mahsulotlari jamlanmasi 
takomillashtirish sohasida istiqbolli tadbirlarai rejalashtirayotganda uni tashkil 
etadigan mahsulotlaming amal qilish davriyligi, ulami bozor talablari 
evolyutsiyasiga mos holda takomillashtirish imkoniyatlari hisobga olinishi shart. 
Yetakchi sug'urta mahsulotlari sug'urta qiluvchi aylanmalarining (tuzilgan 
shartnomalar sonining) eng ko'p qismini ta'minlab beradi. Odatda, bular eng 
serdaromad sug'urta mahsulotlari hamdir. Ko'pgina sug'urta qiluvchilar yetakchi 
mahsulotlar qatoriga turar joylami barcha xatarlardan sug'urtalanishini, sanoat 
korxonalarini o'tdan va suvdan sug'urtalanishini kiritadilar. 
Maftunkor sug'urta mahsulotlarining vazifasi iste'molchining diqqat- e'tiborini 
mazkur sug'urta lcompaniyasiga qaratish va dastlabki sug'urta polisi sotib 
olinishini yengillashtirishdan iborat. Maftunkor sug'urta mahsulotlari qatoriga, 
masalan, avtofuqarolik javobgarligi sug'urtasini kiritish mumkin. O'zining 
majburiylik xususiyatiga ega ekanligi tufayli u birinchf navbatda ehtimoldagi 
mijozning e'tiborini o'ziga tortadi. Shu sababli kompaniyalar sug'urtaning bu turi 
bo'yicha tariflarni past darajada ushlab turadilar. Maftunkor mahsulotlaming 
boshqa guruhi shu vaqtgacha hali biron marta ham sug'urtalanmagan yosh yigit-


101 
qizlarga mo'ljallangan bo'ladi. Ularni maftunkor mahsulotlaming bir muncha 
imtiyozli shart-sharoitlari orqali jalb etar ekan, sug'urta qiluvchi mazkur 
iste'molchilarning o'z portfelida saqlab qolish va keyinchalik sotiladigan sug'urta 
mahsulotlarining narxini balandroq qilib belgilash orqali dastlabki bosqichda 
berilgan imtiyozlar tufayli ko'rilgan yo'qotishlar o'mini to'ldirishdan umidvor 
bo'ladi. 
Kelajak mahsulotlari qatoriga hali bozor tomonidan talab qo'yilmagan, ammo 
sug'urta qiluvchi fikriga ko'ra, istiqbolda keng tarqalishi mumkin bo'lgan 
mahsulotlar kiradi. Bu mahsulot turlariga masalan, yetakchi mahsulotlarini yangi, 
hali keng tarqalmagan usullarda sotish, yaratish loyihalari kiradi. Bunday 
mahsulotlar qatoriga xususan, elektron tarmoq orqali sotishga mo'ljallangan turar 
joy binolari sug'urta polislarini kiritish mumkin. 
Taktika maqsadiga mo'ljallangan mahsulotlaraing vazifasi - raqobatchilarning 
hujumiga qarshi turishga yoki ularning u yoki bu xatti- harakatlariga, shuningdek 
bozor evolyutsiyasiga tezkorlik bilan javob berishga qaratilgan. Mahsulotlarning 
bu turi “tinchlik” davrida odatan “yig'ishtirilgan” holatda bo'ladi. Masalan, sug'urta 
kompaniyasi muayyan bosqichda yosh haydovchilar segmentida avtomobil 
sug'urtasi bilan shug'ullanishi uchun manfaatsiz hisoblaydi. Shunga qaramay, 
sug'urta qiluvchi o'z mahsulotlari jamlanmasiga yosh haydovchilar uchun 
mo'ljallangan alohida mahsulot kiritib, ammo uni tijoratlashtirishga shoshilmay 
turadi. Raqobatchi yosh haydovchilami jalb etish niyatida mana shu segmentga 
“hujum” uyushtirishi bilan, sug'urta qiluvchi bu sohadagi o'z mahsulotlarini “ochib 
tashlash” bilan javob qaytarishi mumkin. O'zining taktik zaxirasi mavjud 
bo'lmagan holda, tezkorlik bilan qarshi turishning iloji bo'lmas edi. Shu tariqa, 
sug'urta qiluvchi bozor talablarining o'zgarishiga avvaldan ishlab chiqilgan, ammo 
bozorda o'tkazilmay, taktik vazifalar uchun saqlab turilgan sug'urta mahsulotlarini 
ishga tushirish orqali raqobatga hozirjavoblik bilan qarshi turish mumkin. 
Sug'urta mahsulotini o'tkazishning yuqorida sanab o'tilgan shakllari aksiyador 
sug'urta kompaniyalari uchun xos bo'lib, ular o'z mahsulotini sotish uchun bir yoki 
bir necha usuldan foydalanishi mumkin. Germaniya, Italiya, Fransiya, Ispaniyada 


102 
o'tkazishning asosiy shakli - bosh agentliklardan iborat bo'lib, ular sug'urta qiluvchi 
tomonidan shartnoma asosida jalb etiladi. Buyuk Britaniya, Gollandiya va 
Belgiyada tarixan shunday holat vujudga kelganki, mijozlar bilan ishni asosan 
sug'urta brokerlari vositasida olib boriladi. 
Ulardan tashqari bozorda o'zaro sug'urta kompaniyalari ham mavjud. Ulaming 
aksionerlik kompaniyalaridan farqi shundaki, ular daromadsiz xususiyatga ega 
bo'lib, ko'rilgan zarar sug'urtalanuvchilar o'rtasida taxlanma asosda taqsimlash 
orqali qoplanadi. Shu sababli, barcha sug'urtalanuvchilar sug'urtalar bo'yicha 
zaxira fondini boshqarish ishida ishtirok etadilar, sug'urta mahsulotini o'tkazish 
tizimi esa bu holda, o'zaro sug'urta fondiga qo'shimcha qatnashchilarni jalb etish 
ishi bilan shug'ullanuvchi tizim shaldiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, o'zaro 
sug'urta kompaniyalari, qoidaga ko'ra, brokerlar yoki boshqa vositachilar 
xizmatidan 
foydalanmaydi 
va 
sug'urtalanuvchilar 
sonini 
ko'paytirishda 
agentlarning kuch-g'ayratidan foydalanishni afzal biladi. 
Sug'urta xizmatlari hamisha “sotib olinmaydigan” balki faqat “sotiladigan” 
tovar turi bo'lgan. Uni o'tkazish uchun doimo ko'p kuch sarflash, passiv 
iste'molchiga sug'urta himoyasining afzalliklarini tushuntirish zarur bo'lgan. 
Sug'urtalanuvchilaming bugungi kunda faolroq iste'molchilarga aylanib qolganligi 
va ularning sug'urta mahsuloti sifatiga nisbatan talabchanligi oshganligi sababli, 
mijozlarga avvalgidek andozaviy sug'urta mahsulotini hazm qilishga tayyor turgan 
shaxsi noma'lum ommaga qaragan kabi qarash sug'urta qiluvchi uchun endilikda 
o'lim bilan teng. Sug'urta mahsuloti sotilishi uchun u sug'urtalanuvchining 
ehtiyojlari va tanlab olish mezonlariga javob berishi shart. 
Mijozlaming qanoatlanishiga erishuv sug'urta qiluvchining asosiy maqsadi -- 
sug'urta amaliyotlari orqali foyda olishga zid bo'lmasligi shart, ya'ni marketing 
o'tkazishga qilinayotgan xarajatlar bu faoliyatdan ko'riladigan natija bilan 
muvozanatda bo'lishi shart. Bunday muvozanatni matematik hisob-kitob yo'li 
bilan, marketing xarajatlari va undan ko'rilgan foyda nisbati orqali topish mumkin. 
Shubhasiz, har qanday marketing aksiyasi samaradorlik bo'yicha o'z chegaralariga 
ega bo'ladi. Masalan, sug'urta mahsulotini sotish tarmog'ini rivojlantirish uchun 


103 
cheklanmagan miqdorda ko'p mablag' sarflash mumkin, ammo mijozlarni mazkur 
hududda sug'urtaning muayyan turi bilan qamrab olish esa o'z cheklovlariga ega, 
chunki ma'lum bir bosqichga yetgan qo'yilmalar o'zini oqlamay qoladi. Sug'urta 
sifati to'g'risida ham xuddi shu fikmi aytish mumkin. Sug'urta mahsulotini cheksiz 
ravishda takomillashtirib borish va uni mijozlar talabiga moslashtiraverish 
mumkin, ammo bu holda vaqti kelib mahsulot sifatini sezgirlik bilan kuzatuvchi 
mijozlar doirasi tugaydi va bundan keyingi barcha harakatlar zoye hattoki zararli 
bo'lib qoladi. Shu sababli hozirgi zamon sharoitida sug'urta qiluvchilarning 
marketingga oid kuch-g'ayratlarini optimallashtirish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Bunda sug'urta xizmatlari sifatini va miqdorini uning rentabelligiga qarab 
baholash katta ahamiyatga ega. 
Sug'urta bozori ijtimoiy-iqtisodiy makon sug'urta xizmatlariga ehtiyoj 
sezadigan sug'urtalovchilar, ularga bo'lgan talabni qondiradigan sug'urtalovchilar 
(sug'urta kompaniyalari) sug'urta vositachilari va sug'urta infratuzilmasi 
tashkilotlari (konsalting firmalari va boshqalar). Keng ma'noda sug'urta bozori 
birlashgan sug'urta mahsulotini sotish bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar. 
Sug'urtalashning asosiy iqtisodiy qonuni Bozor - qiymat va qondirish qonuni. 
Sug'urta bozorining paydo bo'lishi uchun shart-sharoit ommaviydir mehnat 
taqsimoti, tovar iqtisodiyotining mavjudligi, alohida tovar ishlab chiqaruvchilar. 

Download 2,42 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug’urta tashkilotlarida biznes jarayonlarini tashkil etish

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish