Sug‘urtalovchilarning moliyaviy natijalarini shakllanish manbalari




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/132
Sana16.11.2023
Hajmi2,42 Mb.
#100112
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Bog'liq
Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

8.4. Sug‘urtalovchilarning moliyaviy natijalarini shakllanish manbalari. 
Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari sug‘urta operatsiyalaridan, investitsiya 
faoliyati va boshqalardan olinishi mumkin. Sug‘urta operatsiyalaridan daromadlar 
sug‘urta to‘lovlari asosida shakllanadi. 
Sug‘urta to‘lovi sug‘urta xizmatining sotish bahosini bildiradi, uni 
kalkulyatsiya bahosidan farqlash lozim. Gosstraxning monopol faoliyati davrida 
kalkulyatsion baho bir vaqtning o‘zida sotish bahosi ham hisoblangan, u vaqtda 
to‘laqonli bozor munosabatlari bo‘lmagan. Bozor sharoitida kalkulyatsion baho 
bilan sotish bahosi mos kelmasligi mumkin. Sug‘urtalovchi brutto-tarifni 
hisoblayotganda sug‘urta xizmatining kutilayotgan qiymatini belgilaydi, sotish 
bahosi esa sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda aniq bo‘ladi. Sug‘urta xizmatining 
qiymati –obyektiv kattalikdir, baho esa qator omillar: bozor kon’yunkturasi, 
davlatning baho siyosati, sug‘urtalaovchilarning monopol kelishuvlari, kredit 
foizlarining dinamikasi va boshqalar ta’siri natijasida shakllanadi. 
Sug‘urta to‘lovlari – bu sug‘urta tashkilotining birlamchi daromadi va 
mablag‘larning keyingi aylanishi asosi, investitsion faoliyatni moliyalashtirish 
manbai hisoblanadi. 
Sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarning 
to‘lovlari sug‘urtalovchilarda uzoq davr saqlanadi. Bundan tashqari sug‘urta 
tashkilotlarida zahira va rezerv fondlari shakllantirilib, o‘n yillab ishlatilmasligi 
mumkin. Bularning barchasi sug‘urtalovchiga mablag‘lardan investitsion 
maqsadlarda foydalanish asosini yaratadi. 
Sug‘urtalovchining mablag‘lari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga turli 
shakllarda: bevosita investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa 


108 
ko‘rinishlarda joylashtirilishi mumkin. Investitsion faoliyatdan olingan daromadlar 
sug‘urta operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlarni kompensatsiyalashga, sug‘urta ishini 
rivojlantirishga, xuddi shunday tijorat maqsadlarida yoki iste’mol uchun sarflanishi 
mumkin. Shunday tarzda sug‘urtalovchining sug‘urta xizmatlari uchun past 
baholarda ham yetarli rentabellikni saqlab turish mumkin. 
Sug‘urta tashkiloti sug‘urta to‘lovlari va investitsion faoliyatdan olinadigan 
daromadlardan tashqari turli xildagi xizmatlar ko‘rsatishdan, avvalo, risk-
menejment bilan bog‘liq, maslahat berish, kadrlarni o‘qitish va boshqalardan ham 
daromadlar olishi mumkin. 
Sug‘urta operatsiyalaridan olingan foyda - ko‘rsatilgan sug‘urta 
xizmatlarining bahosi va tannarxi o‘rtasidagi farqni bildiradi.
Daromadlilik darajasining ko‘rsatkichi sug‘urta operatsiyalarining rentabelligi 
deyilib, yillik foyda summasini sug‘urta operatsiyalarining barchasi yoki qandaydir 
sug‘urta turi bo‘yicha yillik to‘lovlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. 
Foydani kelib tushgan sug‘urta to‘lovlari hajmi bilan solishtirish sug‘urtalovchi 
sug‘urta to‘lovlarining har bir so‘midan qancha foyda olayotganligini ko‘rsatadi. 
Sug‘urtalovchi sug‘urta operatsiyalaridan oladigan foydadan tashqari 
investitsion faoliyatdan ham foyda olishi mumkin. 
Investitsiyadan foyda - bu sug‘urta tashkilotining nosug‘urta xarakterdagi 
xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishdan olgan foydasi. Investitsiyalar orqali foyda 
olish sug‘urtalovchining asosiy maqsadi hisoblanmaydi, biroq bu foyda sug‘urta 
mas’uliyatlarini kengaytirish va alohida sug‘urta turlari bo‘yicha tariflarni 
pasaytirish, sug‘urtalovchining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va 
sug‘urta ishini rivojlantirishning boshqa yo‘nalishlari uchun keng imkoniyatlar 
yaratadi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi 
"Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-sonli Qaroriga asosan sug‘urta 
faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va 
moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va 


109 
sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, 
shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya 
qilishni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchilarga qimmatli qog‘ozlar bozorida 
investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqi 
berilgan. Bunda sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga 
oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi. 
Sug‘urtalovchining sug‘urta operatsiyalari va investitsiya faoliyatidan olgan 
daromadlari soliqka tortiladi. Daromadni hisoblash daromadlar va xarajatlar 
balansi hamda yordamchi hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Sug‘urta 
operatsiyalaridan olingan daromad o‘z tarkibiga foyda va sug‘urta xodimlari 
mehnatiga haq to‘lash fondini oladi. Sug‘urtalovchilar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh 
qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-
sonli Qaroriga asosan 2008-yilning 1 iyunidan boshlab uch yil muddatga: 
- yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalovchilar aksiyalari bo‘yicha 
dividendlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘i va 
jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan; 
- sug‘urtalovchilarning dividendlar va foizlar ko‘rinishida olingan 
daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan va 
soliqdan bo‘shagan mablag‘lar respublika hududlarida, birinchi navbatda, qishloq 
joylarida hududiy bo‘linmalarni, keng tarmoqli agentlik tizimini tashkil qilish
shuningdek, 
ularning 
moddiy-texnik 
bazasini 
rivojlantirishga 
maqsadli 
yo‘naltirilishi belgilangan. 
Sug‘urta kompaniyalarning moliyasi (sug‘urtalovchining pul fondlari) 
sug‘urta ishini tashkil etish borasida o‘zining xarajatlarini moliyalashtirish va o‘z 
mijozlariga sug‘urta himoyasini ko‘rsatish faoliyatini ta’minlaydi. 
Sug‘urta kompaniyalarining pul mablag‘larini aylanishi ikkita mustaqil pul 
oqimini o‘z ichiga oladi: 
• sug‘urta himoyasini (sug‘urta to‘lovlarini) ta’minlovchi mablag‘lar 
aylanishi; 


110 
• sug‘urta kompaniyalarni faoliyati uchun belgilangan mablag‘lar aylanishi. 
O‘z navbatida, sug‘urta himoyasini ta’minlovchi mablag‘lar aylanishi ikki 
bosqichga bo‘linadi: birinchi bosqich, sug‘urta fondni shakllantiradi va 
taqsimlaydi, ikkinchi bosqich esa sug‘urta fondining bir qismini banklarga 
qo‘yilgan depozit hisoblar va hokazalar bo‘yicha daromad olish maqsadida 
investitsiya qiladi. Sug‘urta tashkilotlarida mablag‘lar aylanishi boshqa xalq 
xo‘jaligi tarmoqlari va tijorat tuzilmalarga qaraganda murakkab jarayon 
hisoblanadi. 
Pul mablag‘larning aylanishi sug‘urta himoyasini ko‘rsatish bilan bevosita 
bog‘liqligi sug‘urta toifasining mazmunini ifodalaydi. Mablag‘ aylanishining 
ushbu qismi sug‘urta tashkilotining risk, ehtimollik xususiyati harakatining alohida 
tamoyili hisoblanadi. Buning kuchi, sug‘urta fondining shakllanishi asosida 
zararlar ehtimolligi yotganligi ehtimollik nazariyasi (aktuar hisoblar) va statistik 
ma’lumotlar asosida hisoblanadi hamda sug‘urtalovchining moliyasini tashkil 
etishda har bir sug‘urtalanuvchining ishtiroki ulushini, sug‘urta xizmati narhi va 
tannarxini, shuning asosida tarif stavkalari miqdorini o‘rnatishni aniqlash imkonini 
beradi. 
Sug‘urta zahiralari vaqtincha bo‘sh turgan maxsus sug‘urta resurslari 
aylanmasi hisoblanib, unga sug‘urtalovchining daromadi sifatida qaralmaydi. Ular 
sug‘urta kompaniyalari uchun investitsiya faoliyati orqali, qaysiki tijorat 
maqsadlarida sug‘urta fondi mablag‘larini bir qismini ishlatish yo‘li bilan daromad 
olish manbai asosi hisoblanadi. 
Investitsiya faoliyatidan olingan mablag‘lar sug‘urta operatsiyalarini 
moliyalashtirishga shu jumladan, sug‘urta turlari bo‘yicha zararlarni qoplash, yangi 
sug‘urta turlarini ishlab chiqish hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga 
va hokazolarga yo‘naltiriladi. 
Sug‘urta zahiralarining shakllanishi bo‘yicha quyidagi qonun-qoidalar 
mavjud: 
hamma zahiralar maxsus hisob-kitoblar asosida shakllanadi
zahiralar sug‘urta olib borayotgan valyutada shakllanadi; 


111 
sug‘urta zahiralari har bir aniq to‘lash muddatiga shakllanadi; 
zahiralar faqat sug‘urta shartnomasi bo‘yicha emas, qayta sug‘urtalashda 
qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha ham shakllanishi mumkin;
Sug‘urta qiluvchilarning moliyaviy turg‘unligining asosi shundaki, ularda 
to‘langan ustav kapitali, sug‘urta zahiralari, shuningdek qayta sug‘urta tizimi 
mavjud. 
Sug‘urtalovchilar o‘ziga qabul qilgan sug‘urta majburiyatlarini bajarish uchun 
yig‘ilgan sug‘urta mukofatlaridan kelgusida sug‘urta to‘lovlari uchun barcha 
sug‘urta turlari bo‘yicha kerakli sug‘urta zahiralarini shakllantiradilar. Sug‘urta 
zahiralari sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchilar bilan tuzgan sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha shu paytgacha bajarilmagan majburiyatlarining hajmini 
ko‘rsatib turadi. 
Xorij mamlakatlarida qabul qilingan sug‘urta zahiralarining shakllanish 
texnikasiga ko‘ra, sug‘urta qiluvchi bo‘yniga olgan har bir majburiyat turi sug‘urta 
zahirasiga mos keladigan turi bilan qoplanadi. Hayot sug‘urtasi bo‘yicha amaldagi 
shartnomalar sharoitiga bog‘liq holda matematik zahiralar, yillik renta zahiralari, 
fond zahiralari va ishtirok etish zahiralari shakllanadi; sug‘urtaning boshqa turlari 
bo‘yicha – mukofot zahiralari va zarar zahiralari shakllanadi. Sug‘urta zahiralari 
hajmi amaldagi shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan summani butun holda 
qoplashi zarur. Shuning uchun ularning hajmini aniqlash uchun sug‘urta 
qiluvchining operatsiyalarini chuqur tahlili va matematik hisob-kitoblari zarur. 
Hamma sug‘urta zahiralari 3 ta katta guruhlarga bo‘linadi. 
- hayot sug‘urtasi zahiralari; 
- hayot sug‘urtasidan tashqari zahiralar turlari - texnik zahiralar; 
- majburiy tibbiy sug‘urta zahiralari. 
Texnik mablag‘lar sug‘urta qiluvchi tomonidan alohida sug‘urta shartnomasi 
va butun sug‘urta portfeli bo‘yicha bir muddatga hisob-kitob qilingan sug‘urta 
to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish kerak bo‘lgan mablag‘lar 
yig‘indisi. Ular sug‘urta zahiralarining qismi bo‘lib hayot sug‘urtasidan tashqari 
sug‘urta turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi.


112 

Download 2,42 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sug‘urtalovchilarning moliyaviy natijalarini shakllanish manbalari

Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish