116
Investitsiya
portfelini
samarali
shakllantirishda
birinchi
navbatda
quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
- sug‘urta hodisasining sodir bo‘lish va to‘lov
majburiyatining bajarish
extimolligi;
- investitsiya tavakkalchiligida sug‘urta zaxiralarini yo‘qotish extimolligi.
Sug‘urta kompaniyasining investitsiya siyosatidagi sug‘urta hodisasi
extimolligi uning faoliyati xususiyatidan kelib chiqadi, chunki sug‘urta
kompaniyasi
shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga tasodifan yetgan zararni
qoplashni sug‘urta shartnomasi shartlariga asosan o‘z zimmasiga oladi. Shuning
uchun investitsiya rejalashtirilayotgan to‘lov majburiyatlarining
bajarilishi
extimolligi asosiy omillardan biri hisoblandi.
Sug‘urta fondlarini investitsiya qilish investitsiya faoliyatining boshqa
turlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu, bir tomondan, sug‘urtaning tavakkalli
tabiati bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, sug‘urta fondlari vaqtincha bo‘sh
mablag‘largina xalos. Ular istalgan vaqtda sug‘urtaviy
majburiyatlarni bajarishga
yo‘naltirilishi mumkin. Shuning uchun, sug‘urta tashkilotlarini investitsion
amaliyotida
ham investitsion, ham sug‘urta faoliyatining asosiy maqsadi va
vazifalarini mujassamlashtiruvchi o‘z tamoyillari ishlab chiqilgan. Bu tamoyillar