117
majburiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni sug‘urtalanuvchi va sug‘urta qildiruvchilar
tomonidan investitsiya qilinishi ustidan nazorat qilishning imkoniyati yo‘qligi
bilan.
Sug‘urta fondlarini investitsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solishning
asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
mablag‘larni joylashuvini sug‘urtalovchi
tomonidan qabul qilingan
majburiyatlarga muddatlari va hajmlari bo‘yicha moslashtirish;
milliy manfaatlarni himoya qilish, misol uchun, chet
elga investitsiya qilish
bo‘yicha mamlakat sug‘urtalovchilariga cheklovlar o‘rnatish;
sug‘urtalovchilar tomonidan ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va
qo‘yilmalarning daromadliligi tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tashkilotlarining
investitsiya faoliyatini
davlat
tomonidan
tartibga
solishning
huquqiy
asoslari
O‘zbekiston
Respublikasining 2002-yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati
to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22
apreldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta
sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston
Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan
tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining
investitsiya faoliyati
to‘g‘risidagi nizom”lar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining
investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 10 apreldagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq
tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining
investitsiya faoliyatiga talablarni o‘rnatadi.
Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining obyekti
quyidagilar hisoblanadi:
o
O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari;
118
o
xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari;
o bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
o kredit tashkilotlaridagi omonatlar (depozitlar);
o
ko‘char va ko‘chmas mulk (binolar, inshoatlar,
jixozlar va boshqa moddiy
qiymatliklar) va ularga egalik huquqi;
o yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etish;
o
O‘zbekiston Respublikasi hududida chivarish va muomalaga kiritishga
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan
ruxsat berilgan qimmatli
qog‘ozlar yoki tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar
bozorida faoliyat olib borish uchun berilgan litsenziya (ruxsatnoma)ga ega
bo‘lgan horijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan va bozorda muomalaga
kiritilgan qimmatli qog‘ozlar.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) qonunchilikka zid bo‘lmagan
investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham investitsiyalarni amalga
oshirishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslarning qonun bilan himoyalanadigan manfaatlari
va
huquqlarini poymol qiluvchi, qurish va foydalanishning qonunchilik bilan
o‘rnatilgan sanitar-gigienik, radiatsion,
ekologik, arxitektura-shaharsozlik va
boshqa talablariga javob bermaydigan obyektlarga
investitsiya qilishi taqiqlanadi.