133
GLOSSARIY
Abandon
-
to‘liq miqdordagi sug‘urta
summasini olish uchun
sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga
voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda, u xabarsiz yo‘qolganda,
kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi
ariza voqea-xodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim
chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining
bir tomonlama
akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining
roziligi talab etiladi.
Avariya komissari - sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega bo‘lgan
jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki yuk bo‘yicha ko‘rilgan
zararning xarakteri
va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro‘y berganlik sabablarini
o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham,
mamlakat
ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon
va teleks raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug‘urta polisida
ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta xodisasi ro‘y berishi zahoti avariya
komissariga
murojaat
qilishi
zarur.
Avariya
komissari
mol-mulkning
zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasining topshirig‘iga
asosan, ko‘rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya
komissari bajarilgan
ishlar to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga
yozma axborot tayyorlaydi.
Avariya sertifikati - mol-mulk sug‘urta xodisasi tufayli zararlanganda,
ko‘rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat.
Avariya sertifikati
avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli komissiya xaqi hisobiga
sug‘urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug‘urtalanuvchining
sug‘urta qoplamasini olish to‘g‘risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani
to‘lashda sug‘urta kompaniyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Addendum - ilgari tuzilgan sug‘urta va kayta sug‘urtalash
shartnomasiga
tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan qo‘shimchalar kiritish.
134
Adjaster - sug‘urta xodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug‘urtalanuvchi
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug‘urta kompaniyasining
manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki xuquqiy shaxs. U sug‘urtalanuvchi
bilan unga to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi.
Adjaster sug‘urta xodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu
tahlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert
xulosasini tuzadi hamda
avariya
komissari
funksiyasini
bajaradi.
Adjaster
vazifasini
sug‘urta
kompaniyasining tarkibiy bo‘limi yoki ixtissoslashgan tashkilot amalga oshirishi
mumkin.
Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi.
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib olgan sug‘urta
matematikasi
sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab
chiqish, uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta zahiralarini shakllantirish
bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi paytda
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro
uyushmasi mavjud.