• Brutto-mukofot
  • Anderayting - 1) sug‘urtalash maqsadida riskni baholash; 2) sug‘urta  shartnomalarini tuzish va uning shartlarini bajarish; 3) sug‘urta.  Annuitet




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/132
    Sana16.11.2023
    Hajmi2,42 Mb.
    #100112
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
    Bog'liq
    Sug`urta nazariyasi va amaliyoti (3)

    Anderayting - 1) sug‘urtalash maqsadida riskni baholash; 2) sug‘urta 
    shartnomalarini tuzish va uning shartlarini bajarish; 3) sug‘urta. 
    Annuitet - 1) renta va nafaqalarni sug‘urtalashning hamma turlarini 
    umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga bir 
    vaqtning o‘zida yoki bir necha yillar davomida tegishli sug‘urta mukofotlarini 
    to‘laydi. Keyin sug‘urtalanuvchi butun hayoti davomida sug‘urta kompaniyasidan 
    daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fuqarolarning yillik 
    daromadini sug‘urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQShda 
    keng rivojlangan.
    Audit - sug‘urta kompaniyasining moliyaviy hisoboti to‘g‘riligini yozma 
    ravishda tasdiqlash va tekshirish. Audit ishini maxsus malakaga ega bo‘lgan 
    auditorlar amalga oshiradi. Auditorlik firmasi bilan sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida 
    shartnoma tuziladi. O‘zbekiston Respublikasida audit ishini Moliya vazirligining 
    litsenziyasiga ega bo‘lgan shaxslar amalga oshirishi mumkin. Sug‘urta 
    kompaniyasining balansi auditorlar tomonidan tekshirilgandan so‘ng matbuotda 
    e’lon qilinadi. 


    136 
    Bonus - sug‘urta kompaniyasi o‘zi uchun qulay shartlarda sug‘urta 
    shartnomasini tuzganligi uchun sug‘urtalanuvchiga, u to‘laydigan sug‘urta 
    mukofoti miqdoridan chegirmalar belgilaydi. 
    Brutto-mukofot - sug‘urta shartnomalarini tuzish, ish yuritish xarajatlarini 
    hisobga olgan xoldagi sug‘urta mukofotlari summasi.
    Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma 
    bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi barcha 
    ob’ektlarni sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida 
    bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis 
    asosida sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan. 
    Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk haqidagi 
    ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni junatish va qabul qilib olish 
    punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa yetarli, yuk avtomatik ravishda 
    sug‘urtalangan hisoblanadi. 

    Download 2,42 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Anderayting - 1) sug‘urtalash maqsadida riskni baholash; 2) sug‘urta  shartnomalarini tuzish va uning shartlarini bajarish; 3) sug‘urta.  Annuitet

    Download 2,42 Mb.
    Pdf ko'rish