137
Depozit - 1) sug‘urta kompaniyasining bank muassasasida
saqlanadigan pul
mablag‘i yoki qimmatli qog‘ozlari. Bank, odatda, sug‘urta kompaniyasiga o‘z
pulini bankda saqlagani uchun foiz to‘laydi; 2) ayrim mamlakatlar qonunchiligiga
muvofiq, chet mamlakat sug‘urta kompaniyasi, agar,
biror boshqa mamlakatda
sug‘urta faoliyatini amalga oshirmoqchi bo‘lsa, dastlab u o‘sha mamlakat bank
muassasasiga tegishli pul mablag‘ini depozitga qo‘yadi.
Mazkur depozit, chet
davlat sug‘urta kompaniyasining boshqa mamlakat xududida sug‘urta faoliyatini
amalga oshirishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Diversifikatsiya - yirik sug‘urta kompaniyalarining
asosiy faoliyatdan
tashqari boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanishi. Masalan, sug‘urta vositachiligi,
qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi, ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanish va xakozo.