140
paytda Lloydga 22000 dan ortiq a’zo bor. Uning faoliyati
Angliya parlamenti
qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug‘urtani barcha
turlarini amalga oshiradi. Lloyd a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo‘lib, sindikat
faoliyati
uchun
anderrayterlar
javob
beradi.
Anderrayterlar
bilan
sugurtalanuvchilarni sugurta vositachilari birlashtiradi. Sugurta vositachilari Lloyd
bozorida risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar sugurta shartnomasi buyicha javob
berish uchun yirik miqdordagi pul mablag‘larini korporatsiyaga
depozit sifatida
qo‘yadi.
Tibbiy sug‘urta- aholi sog‘lig‘ini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta
hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi
orqali bepul tibbiy xizmat
ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta
kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq
manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil
tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-
mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning
sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va
yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Netto-stavka- brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta
qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib,
u brutto-
stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etadi.