141
Majburiy sug‘urta- sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan
shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu
xujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta
javobgarligining hajmi,
sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari
hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi.
Amaldagi qonunchilikka asosan,
O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday
sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin.
Oferta- asosiy shartlar ko‘rsatilgan holda sug‘urta
shartnomasini tuzish
taklifi. Sug‘urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga
yo‘llashi mumkin.
Offshor sug‘urta kompaniyasi- maxsus maqomga ega bo‘lgan sug‘urta
kompaniyasi. Offshor sug‘urta kompaniyalari soliq to‘lash stavkalari eng kam
bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari)
tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug‘urta
operatsiyalari
sug‘urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati
organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya- o‘zaro kelishgan holda sug‘urta
shartnomasini amal qilish
muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko‘rinishda tasdiqlanishi mumkin.